Pochettino "Tottenxem"ning top-4ga kirishi haqida: "Tottenxem" ixtiyorida 2 ta o'yin bor"
27 apr 2019 20:44
Yangiliklar


Pochettino "Tottenxem"ning top-4ga kirishi haqida: "Tottenxem" ixtiyorida 2 ta o'yin bor"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APL 36-turida "Vest Xem"ga uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng fikr bildirdi.
"O'ylashimcha, to'pni to'g'ri va etarlicha nazorat qila olmadik. Qiyin o'yin bo'ldi, lekin ikkinchi bo'limda raqibga qarshi hujum uchun katta bo'sh zonani berib qo'ydik. Biz faqat oldinga qarashimiz va to'xtamasligimiz kerak. "Tottenxem" bugun haqiqatda og'ir o'yin o'tkazdi.
Kuchli to'rtlik? Bizda hali ikkita o'yin bor. Kurash va haqiqiy poyga bo'ladi. Biz bunday bo'lishini avvaldan bilardik", - deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar