Pochettino - Ramos haqida: "Jahon chempioni uchun o'ynamaslikning o'zi juda qiyin"
19 noy 2021 22:44
Yangiliklar
Pochettino - Ramos haqida: "Jahon chempioni uchun o'ynamaslikning o'zi juda qiyin"
PSJ himoyachisi Serxio Ramos Liga 1'ning 14-turi doirasida "Nant"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda.
Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino malumot berdi.
"Ramos yaxshi mashg'ulot o'tamoqda. Unda o'zgarishlar bor, Serxio to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Balki u ertangi o'yinda qatnashishi mumkin bo'lar.
Jahon chempioni bo'lgan futbolchi uchun o'ynamaslikning o'zi qiyin. SHunday bo'lsa ham u sabrli bo'lib, mashg'ulotlarni davom ettiryapti. U hozirgi holatidan chiqib keta olishini barchaga isbotlaydi", - dedi Pochettino.
Fikrlar