Pochettino PSJning Messiga qiziqayotganligini tasdiqladi
07 avg 2021 00:12
Yangiliklar
Pochettino PSJning Messiga qiziqayotganligini tasdiqladi
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klubi Leo Messining xizmatlariga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.
"Bor etiborimiz mavsum startiga qaratilgan. SHu bilan birga klubdagilar jamoani kuchaytirishni ham niyat qilmoqda. CHunki bu mavsumda maqsadlarimiz juda yuqori.
Messi bilan kechagi voqeliklardan xabardormiz. Ammo oldimizda "Trua"ga qarshi bahs kutib turibdi. Leonardo va Nosir al-Helayfi jamoaning kuchli bo'lishini istashadi.
Albatta, PSJ tarkibni kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda. Bular ichida Messi ham bor. Biroq hozirda bor etibor "Trua"ga qaratilgan", - dedi Pochettino.
Fikrlar