Pochettino "Nyukasl"ni boshqarishga tayyor
23 apr 2020 18:20
Yangiliklar


Pochettino "Nyukasl"ni boshqarishga tayyor
"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Nyukasl"ni boshqarishi mumkin.
Klub argentinalik mutaxassisga 3 yillik muddatga mo'ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Pochettinoning o'zi ham yozda "Nyukasl" boshqaruvini qo'lga olishga qarshi emas.
Xabar qilinishicha, Pochettinodan tashqari bosh murabbiylik uchun Massimiliano Allegrining ham nomzodi ko'rib chiqilmoqda.
Qayd etish kerakki, "Nyukasl" tez orada saudiyaliklarga 377 million dollar evaziga sotiladi va klub yozgi transferlar uchun 200 million funt oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar