Pochettino nega Mbappeni zaxiraga olganini tushuntirdi
24 jan 2022 13:15
Yangiliklar
Pochettino nega Mbappeni zaxiraga olganini tushuntirdi
PSJ yulduzi Kilian Mbappe kecha bo'lib o'tgan "Reyms" (4:0)ga qarshi Franciya chempionati doirasidagi o'yinda oxirigacha harakat qilmadi.
Hujumchini 77-daqiqada zaxiraga olishdi. Parij jamoasi ustozi Maurisio Pochettino o'z qarorini tushuntirdi.
"Kilian hafta davomida dam oldi, shu bilan birga o'zini yaxshi his qildi. O'yindagi bir soatdan so'ng charchadi, unga ritm etishmadi. SHu sabab tavakkal qilmaslik uchun men uni maydondan olishga qaror qildim", - deydi argentinalik.
Mbappe PSJdan mavsum so'nggida ketishga yaqin. Forvard yozda "Real"ga o'tish ehtimoli juda katta.
Fikrlar