Pochettino MYUni boshqarmoqchi emasligini aytdi
24 noy 2021 23:42
Yangiliklar
Pochettino MYUni boshqarmoqchi emasligini aytdi
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkinligi borasida gapirdi.
"Bu menga halaqit qilmaydi. SHunchaki shunday yashashni o'rganish kerak, futbol shunday. Yaxshi o'yin ko'rsatib, qo'ldan kelgancha chiroyli o'ynashga harakat qilyapmiz va bor kuchimizni ishga solyapmiz.
"Espanol"da ishlab yurgan paytlarimda ser Aleks bilan yuzma-yuz ko'rishishni istashimni aytgandim. Agarda yana shu gapni aytsam, chegaradan chiqib ketgan bo'laman.
Parijda baxtliman. Klub va muxlislarni hurmat qilaman. PSJda ishlash - mo'jizaga teng. Liga 1'da peshqadammiz, "Manchester Siti"ga qarshi o'ynayapmiz.
Buni o'ylab chiqdim. PSJ bilan shartnomam 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Ushbu mavsum va kelasi mavsumda ham shu erda ishlayman. PSJda xursand ekanligim - katta fakt", - dedi Pochettino.
Fikrlar