Pochettino Messining o'rnini kim bosishi mumkinligini aytdi
02 avg 2022 00:16
Yangiliklar


Pochettino Messining o'rnini kim bosishi mumkinligini aytdi
- Messining PSJga kelishi haqidagi yangilik juda yoqimli bo'lgan. Endi bemalol u bilan birga ishlaganman, yaqindan ko'rganman deya olaman. Maradonani ko'rganman, ha argentinalikman, endi Messini ham ko'rdim, bir yil u bilan ishladim.
Albatta, omadim keldi deya olaman. Ushbu sport turini yaxshi ko'radiganlarning barchasi eng yaxshilar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'lishni istashadi.
- Siz Mbappe bilan ham ishladingiz. Uning iqtidorini qanday baholaysiz? Odamlar uni ayni damdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashmoqda va Messi hamda Ronaldudan keyingi eng yaxshisi bo'ladi deyishyapti.
- Men uchun Messi - dunyoning eng yaxshisi. Bunga shubxa yo'q. Menimcha, Mbappe Messining tojini oladi. SHuningdek, Neymar ham men uchun eng yaxshilardan biri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar