Pochettino "Lester"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng nimalar degani sizga qiziqmi?
21 sen 2019 21:45
Yangiliklar
Pochettino "Lester"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng nimalar degani sizga qiziqmi?
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino APL 6-turidan joy olgan "Lester"ga qarshi uchrashuvdan keyin fikr bildirdi.
"Bu futbol. Haqiqatan ham, har o'yinda ikkita gol o'tkazib, g'alaba qozonish qiyin. Gol qo'yib yuborishdan avval, maydondagi eng yaxshi jamoa edik. Natijadan hafa bo'ldim, lekin qattiq ishlashda davom etishimiz kerak. Mehmonda ham yaxshi o'ynashimiz lozim. Yurakdan ishlaymiz va xatolarimizni to'g'rilaymiz. O'yinda ustunlik qilgandik va bundan ham ko'piga loyiq edik, ammo bu futbol. Hammasi tezda o'zgarib ketishi mumkin. Ishlashda davom etishimiz kerak. Oldinda ko'p o'yinlar bor", – deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
"Реал Мадрид" ва ниҳоят Ла Лигада ғалаба қозонди. Мбаппедан дубль
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Fikrlar