Pochettino: "Byornli" CHempionlar ligasiga chiqa oladi"
23 dek 2017 16:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/295713_original.jpg)
![](/upload/storage/295713_220.jpg)
Pochettino: "Byornli" CHempionlar ligasiga chiqa oladi"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisi Pochettino "Byornli"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasining 19-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
Bahs 23 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.
"Albatta, "Byornli" CHempionlar ligasiga chiqa oladi. Tinglang, ikki yil oldin "Lester" APL g'olibi bo'lishi mumkin edi va bu amalga oshdi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Ular o'zini yaxshi his qilishmoqda va ishonchli o'yin ko'rsatishyapti.
Bu qiyin bo'ladi, chunki ular yirik klublar bilan raqobatlashishlari kerak, ammo futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. "Byornli" oddiy o'ynaydi, biroq bazida ular kabi oddiy harakat qilish qiyin. Biz kurashga tayyor bo'lishimiz lozim. Raqibning muvaffaqiyatlari meni hayron qoldirmayapti" - deydi Pochettino.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar