Plyaj futboli terma jamoasining Osiyo chempionatida qatnashadigan tarkibi
27 fev 2015 16:17
Yangiliklar
Plyaj futboli terma jamoasining Osiyo chempionatida qatnashadigan tarkibi
Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi mart oyida BAA va Qatar mamlakatlarida 2 ta o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi.
Bosh murabbiy Ahad Yusupov plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 14-21 mart kunlari BAAning Dubay shahrida yig'inga kiradi. Mazkur yig'in doirasida "Al SHabab", "Al Ahli" va Quvayt terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi.
Yig'inni tugatib, terma jamoa delegaciyasi 22 mart kuni Qatar poytaxti Doha shahriga yo'l oladi.
O'zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatida qatnashadigan yakuniy tarkibi:
Darvozabonlar: Akmal Hazratqulov, G'anisher Xolmurodov.
O'yinchilar: Toxir Abdurazzoqov, Feruz Faxriddinov, Sarvar SHoahmedov, Farhod Mirahmedov, Furqat Azizov, Farhod Jumaev, Sarvar Xolmurodov, Jafar Irismetov, Jamol SHaripov.
Yig'indan so'ng tarkibda o'zgarish bo'lishi mumkin.
Doha 23-28 mart kunlari bo'lib o'tadigan plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Mintaqaning 15 ta eng yaxshi jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish orqali shu yili 9-19 iyul kunlari Portugaliyada bo'lib o'tadigan plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionatiga ajratilgan 3 ta yo'llanma uchun kurashadi.
O'zbekiston terma jamoasi Dohadagi Osiyo chempionatida avval xabar berib o'tganimizdek, C guruhida BAA, Falastin hamda Iroq terma jamoalari bellashadi; musobaqaning 1-turida, yani 23 mart kuni Falastin, 2-turda (24 mart) BAA, 3-turda (25 mart) Iroqqa qarshi o'ynaydi.

Fikrlar