Plyaj futboli: O'zbekiston Tailandni mag'lub etdi va 5-o'rin uchun bahs olib boradi
20 noy 2014 13:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/152185_original.jpg)
![](/upload/storage/152185_220.jpg)
Plyaj futboli: O'zbekiston Tailandni mag'lub etdi va 5-o'rin uchun bahs olib boradi
Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo O'yinlarininn 5-8 o'rinlari uchun kurashda Tailand terma jamoasini 5:3 hisobida mag'lub etdi.
Tailandning Pxuket shahrida plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlari davom etmoqda. Osiyo O'yinlarining plyaj futboli musobaqasida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi bugun 5-8 o'rinlar uchun bahsda Tailand terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. O'yinda Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoas 5:3 hisobida g'alaba qozonishdi. O'zbekiston terma jamoasi safida Jamoliddin SHaripov dublga erishgan bo'lsa, Tohir Abdurazzoqov, Feruz Fahriddinov va Arslon SHaropovlar bittadan golga mualliflik qilishdi.
Ahad Yusupov shogirdlari ertaga 5-o'rin uchun bahsda Ummon terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.
Osiyo O'yinlari. Plyaj futboli. Erkaklar. 5-8 o'rinlar uchun bahs. 20 noyabr
O'zbekiston - Tailand 5:3
Gollar: Tohir Abdurazzoqov (8), Feruz Fahriddinov (10), Jamoliddin SHaripov (20, 24), Arslon SHaropov (33) - Nanan (6), Tapina (11, 17)

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar