Plyaj futboli: Namozov Senegal - Portugaliya o'yinini boshqaradi
11 iyu 2015 15:11
Yangiliklar


Plyaj futboli: Namozov Senegal - Portugaliya o'yinini boshqaradi
Portugaliyada bo'lib o'tayotgan plyaj futboli bo'yicha jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi tur o'yinlari o'tkazilmoqda.
Bugun "A" guruhi ikkinchi tur o'yinlari doirasida Senegal terma jamoasi musobaqa mezboni - Portugaliya bilan bahs olib boradi.
Etiborlisi
ushbu uchrashuvni o'zbekistonlik hakam Baxtiyor Namozov boshqarib boradi.
Ushbu chempionat Baxtiyor Namozov uchun ikkinchi mundialdir. U bunga qadar
2013 yili Taitida bo'lib o'tgan Jahon chempionatiga chaqiruv olib, jami 7ta
o'yinda ishlagan.
Namozov barcha qitaning eng kuchli terma jamoalari
ishtirokida har yili ananaviy tarzda o'tkaziladigan Qitalararo Kubok
o'yinlarida, shuningdek, Osiyo CHempionatlarida ham hakam sifatida ishtirok
etgan.

Fikrlar