Plyaj futboli. Falastin Dohaga kelmadi, BAA - Iroq 7:5
24 mar 2015 08:37
Yangiliklar

Plyaj futboli. Falastin Dohaga kelmadi, BAA - Iroq 7:5
Kecha Qatar poytaxti Doha shahrida plyaj, yani sohil futboli bo'yicha Osiyo chempionati start oldi.
Xabar berganimizdek, O'zbekiston terma jamoasi ham ushbu qita chempionatida ishtirok etadi. Rejaga ko'ra, Ahad Yusupov shogirdlari “S” guruhidagi ilk o'yinni kecha Falastinga qarshi o'tkazishlari kerak edi. Lekin Falastin terma jamoasi Dohaga kelmadi va bu guruhda 3 ta jamoa qoldi.
Guruhimizda bo'lib o'tgan kechagi yagona o'yinda esa BAA terma jamoasi Iroqdan 7:5 hisobida ustun keldi. Bugun terma jamoamiz guruhdagi asosiy raqibi BAA bilan hisob-kitob qiladi. Ertaga esa sohil futboli vakillarimiz Iroq terma jamoasi bilan munosabatlariga oydindik kiritib olishadi.
Eslatib o'tamiz, 28 martga qadar davom etadigan Osiyo chempionati shu yilning 9-19 iyul kunlari Portugaliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma berishi bilan ahamiyatlidir. Osiyo qitasi uchun 3 ta yo'llanma ajratilgan.
KECHAGI BARCHA NATIJALAR:
“A” GURUHI
Ummon – Bahrayn 3:2
Qatar – Laos 5:6
“V” GURUHI
Xitoy – Vetnam 5:5 (pen. bo'yicha 3:2)
Yaponiya – Quvayt 5:3
“C” GURUHI
BAA – Iroq 7:5
“D” GURUHI
Eron – Livan 3:2

Fikrlar