Pletikosa: "Darvozabonlar JCH-2018 to'piga ko'nikishi kerak"
25 mar 2018 11:17
Yangiliklar
Pletikosa: "Darvozabonlar JCH-2018 to'piga ko'nikishi kerak"
Xorvatiya terma jamoasi sobiq darvozaboni Stipe Pletikosa JCH-2018 rasmiy to'pi haqida fikr bildirdi.
"Bu to'pga ko'nikish uchun darvozabonlarga biroz vaqt kerak. Eng yomon to'p JARdagi jahon chempionatida bo'lgan. Undan battari bo'lmasdi. O'sha to'pning uchishiga ham baho berish juda qiyin edi. Bir vaziyatda havodagi to'p birdaniga pastlab ketgan va yo'nalishini o'zgartirib yuborgandi. Bu qanday qilib bo'lganini tushunmay qolgandim.
Hozircha o'zim ham yangi to'pni ushlab ko'rmadim. Biroq barcha darvozabonlar bunga o'rganib olishi mumkin. 2014 yilgi jahon chempionati to'plari bilan muammolar bo'lmagandi. Ammo to'pning yangi modelini ishlab chiqish uchun vaqt qolmadi", - dedi Pletikosa.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar