So’nggi yangiliklar

10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  2 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  1 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  3 09:24Италиянинг машҳур жамоаси расман профессионал мақомидан айрилди  1 08:55Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди  7 08:26Клублар ўртасидаги ЖЧда иштирок этаётган Европа жамоалари кечаги машғулотларни бир дақиқалик сукут билан бошлашди  0 07:58Суперлига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  2 07:30Ўзбекистон МТЖга номзод футболчи иккинчи даврани “Сўғдиёна“да ўтказади  4 01:19"Милан" "Торино" футболчисининг трансферини эълон қилди  0 01:13"Милан" Асенсио билан музокаралар ўтказмоқда  0 00:45"Ливерпуль" 20-рақамни "музлатди"  20 00:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 23:57"Бунёдкор" ва "Локомотив" собиқ устози "Хўжанд" бош мураббийига айланди  1 23:36Акмал Рустамов: "Омад биз томонда бўлди"  1 23:14Элдор Мойлиев: "Сирожиддин Қўзиев легионерга айланди"  2

Piter Xyuistraning norasmiy debyuti yirik mag'lubiyat bilan boshlandi Yangiliklar

Piter Xyuistraning norasmiy debyuti yirik mag'lubiyat bilan boshlandi

BAAning Dubay shahrida bugun O'zbekiston chempioni Rossiya gegemoni "Zenit" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.

Piter Xyuistra boshqaruviga o'tgan "Paxtakor" uchun yangi bosh murabbiy qo'l ostidagi ilk norasmiy o'yinga aylangan bahsda jamoa ikkita taymda ikki xil tarkib bilan o'ynadi. "Zenit" mazkur bellashuvga asosiy futbolchilariga dam berib, ko'proq yoshlarga imkoniyat taqdim etdi. Semak asosiy tarkib futbolchilaridan faqat Krugovoy, Santos, Barrios, Ozdoev va Mostovoylarni maydonga tushirdi.

Birinchi bo'limda "Paxtakor" darvozaga Quvvatovni, himoya markaziga Krimec va Ismoilovni tushirdi. Qanotlarda Alijonov o'ngda. Sayfiev esa chapdan joy oldi. O'rtaga Hamrobekov va Sobirxo'jaev tushirildi. Qanot vingerlari sifatida Erkinov va Sobirjonov harakat qilgan bo'lsa, hujumchi ortida Diyor Xolmatov maydonga tushirildi. Hujumda Eren Derdiyok.

Tan olish kerak, birinchi bo'limda "Zenit" futbolchilari katta ustunlik bilan harakat qilib, o'yinni asosan "Paxtakor" maydonchasi oldida hujumlar tashkil etish bilan o'tkazishdi. "Paxtakor" himoyasi esa birinchi taymda ishonchsiz harakat qilgani tufayli "Zenit"da ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Har ikkala gol himoyadagi parokandalik natijasida yuzaga keldi. Dastlab Mostovoy o'yin debyutida himoyadagi xatodan unumli foydalangan bo'lsa, oradan 15 daqiqa o'tib Krapuxin chiroyli gol muallifiga aylandi.

Birinchi taymda "Paxtakor" raqib darvozasi tomon faqatgina bir marta aniq zarba yo'llab, jiddiyroq vaziyat yaratdi. Birov Vasyutin bu vaziyatda ishonchli harakat qildi. Qolgan daqiqalarda vakillarimizda imkoniyat yuzaga kelmadi.



Ikkinchi taymda Piter Xyuistra tarkibni butunlay yangiladi. Darvozaga Suyunov, himoya chizig'ida esa o'ngda Azmiddinov, chapda Yo'ldoshev. Himoya markazida Azamov va CHobanov juftligi ishonchli o'ynadi. Tayanch nuqtasiga Kozak va sal markazroqqa Iminov tushirildi. Qanot vingerlari sifatida Akrom Komilov va Ruslan Roziev harakat qilgan bo'lsa, hujumchi ortida SHerzod Temirov o'ynadi. Hujumda esa Ulug'bek Hoshimovga ishonch bildirildi.

Aytish kerakki, ikkinchi taymdagi "Paxtakor" asosiy tarkibga nisbatan ancha xotirjam, ishonchli va dadil o'ynadi. "Paxtakor" uchrashuvning ikkinchi qismida nomdor raqibiga nisbatan yaxshi o'ynash barobarida ko'proq xavfli vaziyatlar yaratdi. Faqatgina so'nggi nuqtani qo'yishda bazan aniqlik, bazida esa raqib mudofaasi xalaqit berdi. O'tkazib yuborilgan uchinchi gol esa CHobanovning jarima maydonchasi ichidagi raqibga nisbatan biroz qo'polligi, yani kontakt yuzaga kelgani natijasida penalti yuzaga keldi. Mostovoy esa "nuqta"dan adashmadi.

To'p nazorati, o'yin tashkillashtirish va "Zenit"ga raqib maydonchasi oldida yuqori pressing qilishda ham jamoa ancha ishonchli va faol ko'rindi. Buni "Zenit" klubining "YouTube" sahifasida jonli tarzda o'yinni sharhlab borgan taniqli sharhlovchilar Denis Kazanskiy va Roman Gutcayt alohida takidladi.

Kazanskiy ikkinchi bo'lim avvalida tajovuzkor "Paxtakor"ni ko'rgach shunday dedi: "Zenit" haqiqatdan ham yaxshi sparring raqibga ega bo'ldi. Ayniqsa ikkinchi taymdagi tarkib juda zo'r qarshiliq ko'rsatdi. O'yin tashkillashtirish va to'pni nazorat qilib xotirjam o'ynashmoqda".

Qo'shimcha qilish kerakki, "Paxtakor"dan Dragan CHeran va Abror Ismoilov kichik jarohati bois uchrashuvni o'tkazib yubordi.



 


O'rtoqlik uchrashuvi. 

24.01.2021. Dubay, "Nad Al SHeba"

"Paxtakor" - "Zenit" 0:3 

Bosh hakam: Mixal Ochenash (Slovakiya)

Gollar: Andrey Mostovoy, 2 - 0:1. Stanislav Krapuxin, 16 - 0:2. Andrey Mostovoy, 57 penalti - 0:3.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Egor Krimec (S), Farrux Sayfiev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Hojimat Erkinov, Asadbek Sobirjonov, Diyor Xolmatov, Eren Derdiyok

Zaxiradan tushganlar: Eldor Suyunov, SHahzod Azmiddinov, Marlen CHobanov, SHerzod Azamov, Akrom Komilov, Vladimi Kozak, Humoyunmirzo Iminov, Ruslan Roziev, SHerzod Temirov, Ibrohimhalil Yo'lodoshev, Ulug'bek Hoshimov.

"Zenit": 78. Aleksandr Vasyutin, 2.Dmitriy CHistyakov, 3.Duglas Santos, 4.Danil Krugovoy, 54.Saba Sazonov, 87.Danila Proxin, 5.Vilmar Barrios, 17.Andrey Mostovoy, 27.Magomed Ozdoev, 92.Daniil SHamkin, 36.Stanislav Krapuxin.

Zaxira: 91.David Byazrov, 93.Mixail Pogorelov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика