So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  102 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Piter Xyuistra: "Sanjar Quvvatov bizga qo'shimcha ikki ochkoni taqdim etdi" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Sanjar Quvvatov bizga qo'shimcha ikki ochkoni taqdim etdi"

Coca-Cola Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so'ng toshkentliklar bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi uchrashuvni turlicha ikki bo'limdan iborat bo'ldi deb aytgan bo'lardim. Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik va hisobda oldinga chiqib oldik. Yana gol urishimiz ham mumkin edi.

Ikkinchi bo'limda esa maydonda keskin kurashlar ko'zga tashlandi. Har bitta epizod kurashlarga boy bo'ldi. Biz ko'proq oldinga intilib yaxshiroq vaziyatlarni yaratishni istagandik. Biz yana bir gol kiritishga harakat qildik, lekin "Mashal" ham vaziyatlarga ega bo'ldi. Penalti bo'lgan vaziyatda Sanjar Quvvatov g'alabani saqlab qoldi va bizga durangdan farqli ravishda qo'shimcha 2 ochko taqdim etdi. 

- CHempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng o'tkazilgan o'yinlarda "Paxtakor" birinchi davrajagi o'yinlar kabi katta tashabbusga ega bo'la olmayapti. Bu nima bilan bog'liq? 
- Bunga birinchi navbatda raqiblarni sabab sifatida ko'rsatgan bo'lardim. Ular bizga qarshi juda yaxshi o'yin namoyish etishmoqda. O'z navbatida biz qarshi hujumlar va hujumdagi ijodkorlikda yanada kuchayishimiz kerak. Aynan shu jihatlar ustida ishlaymiz.

Bundan tashqari bugun raqib keskin kurashlarga boy o'ynadi. Hakam o'yinni qatiy boshqarishni istaganida dastlabki daqiqalardayoq raqib futbolchilariga 2ta kartochka ko'rsatishi ham mumkin edi. Biroq u kurashlarga qo'yib berdi. O'yin shunday davom etsa, bizning jamoa ham bunga moslashib borishi kerak edi. 

- "Paxtakor" bitta gol urib olgach o'yinni biroz pasaytirmoqda. Va o'yin oxirigacha shu hisobni saqlab qolishga intilayapti. Bu sizning taktikangizmi yoki chindan ham futbolchilarning kuchi etmay qolayaptimi? SHuningdek, SHota Arveladze davrida jamoa hujumlarni ko'proq qanotlar faolligi evaziga tashkil etardi. Hozirda esa asosan markazdan hujumlarni ko'rmoqdamiz. Bu sizning o'zgartirgan uslubingizmi?
- Bizda o'yin falsafa oxirgi 4 yildagidek bir xil, o'zgartirilmagan. SHota Arveladze davrida ham bunga o'zim yordam berganman va hozirda ham shu uslubda davom etayapmiz. Lekin boshqa tarafdan raqiblar ham bizga qarshi maydonda faollik ko'rsatishga intilmoqdalar. Qaysidir manoda ular buning uddasidan chiqishayapti deb hisoblasa bo'ladi. Futbolchilar o'zlarida jangovor kurash uchun kuch topa olishayapti. Har doim shunaqa uslubda o'ynasak, bu biz uchun juda qiziqarli bo'ladi. 

Taktikamizda o'zgarishlar yo'q, biz imkoniyatini topib qanotlardan ham hujumlar uyushtiramiz. Albatta Jaloddin Masharipov kabi futbolchilar o'yin falsafasini boshqacharoq ko'rinishda bo'lishini taminlay oladi. Bizda hozir u yo'q, qanotlarda boshqa futbolchilar o'ynashmoqda. Sabab shu bilan bog'liq, Masharipov bo'sh xududlarni yuzaga keltirardi. SHu orqali bizda gol urish imkoniyati ko'proq bo'lardi. Futbol shunisi bilan qiziq, avvalgi va hozirgi uslub bir xil bo'lsa ham futbolchilarda o'zgarish yuzaga kelma o'yin falsafasi, surati ham boshqacha ko'rinish olaveradi. Bu juda yaxshi xolat, chunki futbolda natijani oldindan bilsang uning qizig'i ham qolmaydi.

- Raqib 6 kishi bo'lib himoyalansa, "Paxtakor" vaziyatlar yaratishga qiynalmoqda. Bu haqida ham o'ylab ko'rilganmidi?
- Bizga qarshi raqiblar mana shunday o'ynaganlarida oldinga chiqish orqali bo'sh xududlar yaratishga urinayapmiz. 

- Himoya chizig'ida Anzur Ismoilov, Egor Krimec va Vladimir Kozaklar o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Ularning sog'ligi yaxshimi?
- Kozakning ko'ziga infekciya tushgan, shu sabab bugun bizga yordam bera olmadi. Anzur Ismoilov umid qilishimcha bir-ikki haftada safga qaytadi. Krimec ham operaciyani boshidan o'tkazib uzoqroq muddatga safdan chiqqan. O'z navbatida bu xolat Marlen CHobanovning asosiy tarkibda tushishiga sabab bo'ldi. Futbolchilarga mana kabi vaziyatlarda sinab olamiz. Umuman olganda bugun Marlenning o'yinidan qoniqdim.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика