So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Piter Xyuistra: "Oxirgi 40 kunda 10ta uchrashuvda maydonga tushdik" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Oxirgi 40 kunda 10ta uchrashuvda maydonga tushdik"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o'z fikrlarini bildirdi.






"Bugun o'yin biz uchun ancha qiyin kechdi. Birinchi bo'limda mezbonlar himoyada bizga ortiqcha hudud qoldirishmadi. Ikkinchi bo'limda esa harakatlarimiz biroz tezlashdi va bir necha vaziyatlar yaratdik. Bo'sh hududlarga chiqib borib, keskin holatlar sodir etdik. Gol urilganda omadliroq bo'ldik. CHempionatda mavsum mobaynida shunday qiyin o'yinlar uchraydi. G'alabadan va uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan juda xursandman. Endi bir necha futbolchi milliy terma jamoa safiga yo'l oladi. Biz esa qolgan o'yinchilar bilan mashg'ulotni davom ettiramiz. Terma jamoa yutuqlariga futbolchilarimiz munosib hissa qo'shishiga umid qilaman. O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman", - deydi Piter Xyuistra.

- So'nggi o'yinlarda kichik hisobda g'alabalarga erishmoqda. Bunga sabab nima?

- O'tgan haftada "Qo'qon-1912"ni yirik hisobda yutgandik. Safardagi o'yinlarda shunday bo'lib turadi, bugungidan ancha yaxshi o'ynay olamiz. Yana bir sababi oxirgi 40 kunda 10ta uchrashuvda maydonga tushdik. Juda tig'iz taqvimga ega bo'ldik. SHu sababli bazida pasayishlar bo'lishi tabiiy. Endi yuzaga kelgan tanaffusda jismonan va o'yin taraflama yanada yaxshiroq holatga chiqish ustida ishlaymiz.

- "Paxtakor" jamoasi Dragan CHeranga bog'lanib qolganmi?

- CHeran bugun eng yaxshi o'yinini o'tkazmagandir, lekin u jamoamizning eng muhim futbolchilaridan biri. Bunday o'yinchi safimizda ekanidan baxtiyorman. U kerakli joyda to'g'ri o'ynashni biladi. Balki, Dragan yaqin orada o'zbek pasportiga ega bo'lsa O'zbekiston terma jamoasiga katta foyda keltirar.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика