So’nggi yangiliklar

00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  2 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  64 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1

Piter Xyuistra: "Eron jamoalari hamisha qiyin raqib, ular maydonda kurash olib borishadi" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Eron jamoalari hamisha qiyin raqib, ular maydonda kurash olib borishadi"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra va jamoa sardori Egor Krimec OCHL guruh bosqichi doirasidagi "Traktor" bilan bellashuvdan avval matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Xyuistra: "Barchaga xayrli kun. Kelasi ikki hafta juda tig'iz bo'ladi va barchaga omad tilayman. Jamoalarni 15 kunda o'ynaladigan 6 uchrashuv kutmoqda. Bu hayajonli bo'ladi. Biz chempionatni boshlagandan keyin bu erga keldik. Umid qilamanki, biz sinovga tayyormiz. Ertaga "Traktor"ga qarshi o'yin bilan turnirni boshlaymiz. Eron jamoalari hamisha qiyin raqib, ular maydonda kurash olib borishadi. Texnik va taktik tarafdan yaxshi o'yin ko'rsatishadi.

Tarkibimizda o'zgarishlar bo'lgan. Akademiya tarbiyalanuvchilari ham o'zlarini ko'rsatishi mumkin. Bunday sinovlarga doim tayyor bo'lish kerak. Yosh iqtidorlar tajribali futbolchilar bilan kirishib ketishiga ishonaman. Birinchi o'yin qanday holatda ekanimizni bilib olishga yordam beradi. O'yinlarni bu safar ham o'zgacha vaziyatda o'tkazamiz. Karantin, alohida yashash, Ramazon - bularning barchasi vaziyatni o'zgacha qiladi. To'rt, besh va oltinchi turda hammaga qiyin bo'lsa kerak. Biz ruhiy, taktik va jismoniy jihatdan holatga tayyor bo'lishimiz kerak. Bu qanday bo'lishini kuzatish juda qiziq. Jamoadagi barcha sinovga tayyor, oxirigacha kurashishga shay holatda".


Krimec: "Xayrli kun. CHempionlar Ligasining yangi boshlanayotgan mavsumi bilan barchani tabriklayman. Ertangi raqibimizni jiddiy o'rgandik, bellashuvga yaxshi tayyorlandik. O'zbekistonda mavsumni boshlashga ulgurdik. Yaxshi holatga kirib oldik deb o'ylayman va ertaga musobaqani g'alaba bilan boshlashga intilamiz."


"Paxtakor" ertaga "Traktor" bilan o'ynaydi. Eron klubi qanday holatda? 

OCHL-2021. "Paxtakor" - "Traktor" uchrashuvidan oldingi qiziqarli faktlar

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика