So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  76 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Piter Xyuistra: “Andijon“dan uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlay oldik” Yangiliklar

Piter Xyuistra: “Andijon“dan uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlay oldik”

Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Turon” (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinni juda yaxshi boshladik. Gol ham urdik. Birinchi bo'limda katta ustunlikka ega bo'ldik. Tanaffusga chiqishdan oldin futbolchilar bir oz xushyorlikni yo'qotishdi. Ikkinchi bo'limning dastlabki 5 daqiqasida ko'rsatgan o'yinimizni tushunmadim. Bu men bilgan “Paxtakor” emasdi. Sustkashlikka yo'l qo'yishimiz natijasida raqibga ikkita qulay imkoniyat taqdim etdik. O'yindagi ustunlikni hisobda ham aks ettirdik. Qaysidir manoda o'tgan tur “Andijon”dan uchralgan mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotladik. Bugungi o'yindan ko'nglim to'ldi”, – deydi Piter Xyuistra. 

- Bir necha tur oldingi “Paxtakor” Superligadagi tanaffusdan keyin 1:0 hisobini saqlab qolgan holda, o'yinni “o'ldirish”ga harakat qilayotgandi. “Turon” bilan o'yinda buning aksini ko'rdik. Bu “Paxtakor”ning istalgan vaqtda o'yinni kuchaytira olishini anglatadimi? Raqib hisobni tenglashtirgach jamoa yana ochilib o'ynadi. Ikkinchi savolim: SHerzod Temirov ikkinchi taymdagi pasayish charchoq bilan bog'liqligini aytdi. Jamoa zaxirasi bo'yicha chempionatda kuchli uchlikka kiradi. Bunday jamoa charchab qolishi mumkinmi?

- Ikkinchi bo'limda raqib oldinga o'tdi. Ular tanaffusdan so'ng yangi hujumchi bilan maydonga chiqishdi. Natijada ularning murabbiyi tanlagan taktikadan so'ng bizda ko'proq hujumga o'tish imkoniyati yuzaga keldi. Hisobni tenglashtirishgani bilan bizga ko'p bo'sh hududlarni yaratishdi. “Turon”ning o'zgarishlari bevosita bizning o'yinimiz o'zgarishiga olib keldi. To'liq hududlarni yopgan holatda hujum qilishning imkoni yo'q. Juda qiyin. Jismoniy tomondan muammo yo'q. Futbolchilar juda yaxshi holatda. 

- SHerzod Azamov va Anzur Ismoilovning yonida yosh futbolchilarni o'stirish imkoni yo'qmi? Ular boshqa o'smaydi. Faoliyatlarining cho'qqisidan o'tib bo'lishgan... 

- Sizda boshqa himoyachilar bo'lsa, aytishingiz mumkin (kuladi). Ularning o'yinidan qoniqmoqdaman. 20 ta o'yinda 8 ta gol o'tkazib yubordik. Xatolar futbolning bir bo'lagi. To'g'ri xulosa chiqarishimiz kerak. CHempionlar ligasida katta maqsadlarni ko'zlayapmiz. Qishda har bir chiziq uchun jamoani kuchaytiradigan futbolchilarni qidiramiz. Oldin rasman OCHLga yo'llanma olishimiz kerak. 

- “Paxtakor” birinchi taymda ko'proq o'ng qanotdan hujum qildi. Ikkinchi bo'limda esa hujumlar chap qanotga ko'chdi. Buning sababi nima bilan bog'liq?

- Bazi o'yinlarimiz bo'ladi, to'liq o'ng qanotni ishlatamiz. Ayrim bahslarda faqat chap qanotni ishlatamiz. Bu o'yindan kelib chiqib o'zgartiriladi. Raqiblarga ikki qanotdan ham bosim o'tkaza olamiz. Ikkinchi bo'limda CHeranni oldinroqqa surish orqali bo'sh hudud yaratdik. Natijada keskinlik oshdi. 

- “Turon”ning 77-raqamdagi (tahr. – Bilolxon Toshmirzaev) futbolchisini personal qo'riqlash maqsadida biror o'yinchini biriktirganmidingiz? 

- Yo'q, bunday qilmadik. Bu futbolchini o'yinning boshida boshqa qanotda o'ynatishdi. SHu biz uchun syurpiriz bo'ldi. Ikki qanotda o'ynaydigan himoyachilarimiz yaxshi o'yin ko'rsatishdi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика