So’nggi yangiliklar

22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  0 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  3 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  7 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  23 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  35 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0

Pismiq Mourino Yangiliklar

Pismiq Mourino

Joze Mourino “Siti”ning chempion bo'lishini bir hafta kutmadi.

8 kun – Joze Mourino shuncha vaqt kutganida “Manchester Siti” so'nggi to'rt yilda ilk marta chempion bo'lardi.

"Manchester Yunayted" - "Vest Bromvich" 0:1

Avvaliga MYUning o'zi “shaharliklar”ning chempion bo'lishini kechiktirdi, derbida g'alaba qozonib, “Liverpul” bilan uchrashuvdan oldin Pep jamoasiga yomon kayfiyat taqdim etdi.

Matbuot anjumanida Pep Gvardiola “Yunayted”ning mag'lubiyatga uchramasligini va golfga ketishini aytdi. SHu boisdan Pep o'yinni ko'rgandan foyda yo'qligini tushuntirdi. Keyinchalik Joze cirkdagi tomoshasini ko'rsatdi.

Gvardiola: "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Vest Bromvich"ga yutqazmaydi"

“Bromvich” ayni damdagi holati bilan “Yunayted”ga tayyor “go'sht” bo'lishi kutilgandi. Birinchidan, jamoa 20-o'rinda, bu esa 20 jamoa orasidan so'nggisi degani. Ikkinchidan, “Yunayted” Angliya kubogi doirasida “Tottenxem”ga qarshi o'yindan oldin “iblislar” dahshatli o'yin namoyish etishi kutilgandi. Uchinchidan, Mourino jamoasi o'tgan turda Manchester derbisida “Siti”ni taslim etdi. Biroq to'rtinchi jihati ham bor, “Vest Brom” uchun har bir ochko suv va havodek zarur. SHu boisdan ham ular MYU bilan uchrashuvga “o'ligini tashlashi” aniq edi. Mag'lubiyat esa CHempionshipga tushib ketishi mumkin bo'lgandi. Ko'rdingizmi, bir o'yin orqali ikki masaladan biri hal bo'lardi. Yoki “Siti” chempion, yoki “Vest Brom”ning CHempionshipga “uchishi”...

Albatta, ECHL doirasida 1:5 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin katta tanqidga uchragan Pep Gvardiolaning “Siti”si qo'lga kiritgan chempionlik muxlislarga tatishi qiyin. Biroq Angliya jamoalari xalqaro o'yinlardan ko'ra, milliy chempionatdagi g'alabalarni yaxshi ko'rishadi.  Albatta, chunki sen “Lester” emassan va har qanday holatda ham chempionlik sen uchun birinchisi emas, balkim oxirgisi ham emasdir. Demoqchimizki, “Siti” har doim oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan va shunga erishish uchun qattiq mehnat qiladigan jamoa. Joze boshqaradigan jamoalar esa uning kayfiyatiga qarab o'ynaydi.  SHogirdlari yutsa alo qayfiyatda bo'ladi, yutqazsa yig'lamaydi. SHu orqali raqibining bayram qilishini xohlamaydi.

Balki Mourino Angliya kubogi doirasida “Tottenxem”ga qarshi o'yindan oldin o'zini ko'rsatgisi kelmagandir. Endi u ushbu bahsga fantastik taktikani o'ylab topishi kerak.  

"Men qolaman va hech nimani o'zgartirmayman". Mourino "Sevilya" bilan o'yindan keyin dardlarini to'kib soldi

U haqiqiy pismiq, Pepni golfga yubormadi, sovrinni taqdim etdi. Bir vaqtlar “Liverpul”ga qarshi o'yindan oldin “avtobus”dan voz kechishini aytgandi, biroq uchrashuvda yana shunday uslubni tanladi. Joze – ajabtovur, uning nima qilishini oldindan bilib bo'lmaydi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика