Pirs Morgan yana bir bor Ronalduni yonini oldi va ten Xagni firibgar deb atadi
31 okt 2023 08:00
Yangiliklar
Pirs Morgan yana bir bor Ronalduni yonini oldi va ten Xagni firibgar deb atadi
Taniqli jurnalist Pirs Morgan yana bir bor “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag tomon “tosh otdi”.
“MYU navbatdagi uchrashuvda “Man Siti”dan alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Erik ten Xag Ronalduni klubdan haydab yuborgan va shundan keyin yaxshi uxlayotganini aytgandi. Krishtianu esa 2023 yilda klub va milliy jamoasi uchun 43ta gol urdi Ten Hag — shunchaki firibgar»,-deb yozib qoldirgan Morgan.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli portugaliyalik futbolchi o'z intervyusida “Yunayted” rahbariyati va infratuzilmasini, sobiq va amaldagi bosh murabbiylar Ralf Rangnik va Erik ten Xagni tanqid qilgan, shuningdek, “Manchester Siti”ga amalga oshmay qolgan transfer haqida gapirgan edi. Ushbu intervyudan so'ng Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan hamkorlikni tugatgandi.
Fikrlar