Pirs Morgan: "Ronaldu haq edi"
20 avg 2023 11:47
Yangiliklar
Pirs Morgan: "Ronaldu haq edi"
Krishtianu Ronalduning muxlisi Pirs Morgan yana bir marta "Manchester Yunayted" va Erik ten Xagni tanqid qildi.
Kecha mankunianliklar APLning 2-turida "Tottenxem" maydonida 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Pirs Morgan o'z tviti orqali aynan Krishtianu Ronaldu "Tottenxem" bilan o'yinda g'alaba keltirganini esladi.
"Qachondir "Manchester Yunayted" muxlislari hayoliy komadan chiqishlari va Ronalduning Erik ten Xag borasida haq bo'lganini tan olishlari kerak.
"Tottenxem" so'nggi marta MYUga ikkita gol urganida, Ronalduning bir o'zi xet-trik orqali raqibni mag'lub qilgandi.
Biroq klubdagilar uni muammo deb hisoblashdi va Erik ten Xagning qarorini qo'llab-quvvatlashdi", - dedi jurnalist.
Fikrlar