Pirlo "Yuventus"ga qaytishi mumkin Yangiliklar

Pirlo "Yuventus"ga qaytishi mumkin

"Yuventus" afsonaviy futbolchisini klub tizimiga qaytarmoqchi.

"Keksa sinora" prezidenti Andrea Anellining shaxsan o'zi Pirloning Turin klubining yoshlar yoki o'smirlar jamoasiga murabbiylik qilishiga qiziqmoqda.

Bundan tashqari, Pirlo "CHelsi" murabbiyi Mauricio Sarri bilan ham yaqin aloqada. U tez orada "Yuventus"ga bosh murabbiy bo'lishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, u bilan italiyalik murabbiyning shtabiga kirish masalasi ham muhokama qilingan.

Eslatib o'tamiz, Andrea Pirlo "Yuventus"da 2011 yildan 2015 yilgacha harakat qilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика