Pirlo o'zining "Yuventus"dagi ishiga baho berdi
12 apr 2021 19:31
Yangiliklar
Pirlo o'zining "Yuventus"dagi ishiga baho berdi
Turninning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo "keksa sinora"dagi faoliyatini 10 ballik tizimda baholadi.
"Futbol bolalikdan asosiy orzum edi. Rivojlanish uchun astoydil harakat qilishda davom etaman. Mavsumning ushbu nuqtasigacha qilgan ishlarimni 10 dan 6 ballga baholagan bo'lardim. Men yanada ko'proq ishlashim kerakligini va agar jamoa natijaga erisholmasa, har doim murabbiy javobgar bo'lishini bilman", dedi 41 yoshli italyan.
Malumot uchun, "Yuventus" Italiya chempionatining ortda qolgan 30-turidan so'ng musobaqa jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar