Pirlo "A" Seriyada o'tgan mavsumning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi
28 jan 2014 11:32
Yangiliklar


Pirlo "A" Seriyada o'tgan mavsumning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi
“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Andrea Pirlo 2012/2013 mavsumda A Seriyasining eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi, deb xabar beradi AFP.
G'olib Italiya chempionati o'yinchilari orasida uyushtirilgan so'rov natijasida aniqlangan. Pirlo bu nomga ikkinchi marotaba ketma-ket loyiq deb topilgan.
CHempionatning ramziy termasiga quyidagi futbolchilar kirgan: Samir Xandanovich ("Inter"), himoyachi Kristian Majo ("Napoli"), Andrea Barcali, Jorjo Kellini (ikkalasi ham - "Yuventus") va Mattiya De SHilo ("Milan"), yarim himoyachilar Arturo Vidal, Andrea Pirlo (ikkalasi ham - "Yuventus") va Borxa Valero ("Fiorentina"), hujumchilar Edinson Kavani ("Napoli"/"PSJ"), Antonio Di Natale ("Udineze") va Mario Balotelli ("Milan").

Fikrlar