So’nggi yangiliklar

14:35Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон гуруҳдаги сўнгги ўйинда Японияга мағлуб бўлди, аммо кейинги босқичга чиқди  28 13:58"Атлетико" 40 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 12:24Карим Бензема "Ювентус"га ўтиши мумкин  2 12:00Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон – Япония (футзал), "Тоттенхэм" – "Манчестер Сити" ва бошқалар  1 11:55Хулиан Альварес фақат "Арсенал"га ўтишни истамоқда  9 11:21"Манчестер Юнайтед" "Барселона" юлдузи учун 100 миллион евро тўлашга тайёр  7 10:47Фарғона вилояти ҳокими кубоги. Кеча қандай натижалар қайд этилди?   2 10:35Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоанинг бу йиғини барчада имконият борлигини кўрсатиб берди"  0 10:07Флик "Барселона"да ёшлардан фойдаланишни қисқартиришга қарор қилди  0 09:41Футзал. Ўзбекистон бугун Япония билан ўйнайди  3 09:15Жавоҳир Ҳусанов: "Очиғини айтганда, Ўзбекистон терма жамоасига чақирув олишимни кутмагандим"   3 08:55Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:30"Андижон" гвинеялик футболчига кўз тикди  5 08:06Рубин Хебай "Сўғдиёна" билан хайрлашди  1 03:10Бундеслига. “Байер” меҳмонда “Айнтрахт”ни мағлуб этди, “Бавария” эса “Гамбург”ни мағлуб эта олмади  0

Pires Ronaldu haqida: "Uni haqorat qilishardi" Yangiliklar

Pires Ronaldu haqida: "Uni haqorat qilishardi"

"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Robert Pires sobiq "Manchester Yunayted" o'yinchisi, hozirda esa "Yuventus" sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronalduga qarshi o'yindagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Robert Pires sobiq "Manchester Yunayted" o'yinchisi, hozirda esa  "Yuventus" sharafni himoya qilayotgan Krishtianu Ronalduga qarshi o'yindagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

"Men uning o'yinini ilk bor ko'rganimda bu yigit juda tezkor deb o'ylaganman. U tezlashganida, uni to'xtatib qolish osonmasdi. Bu kabi o'yin bilan ajoyib taassurot qoldirardi.


O'shanda Ronaldu hozirgi darajasiga erisha oladimi, deb so'rash qiyin edi, lekin u tezda sovrinlarni qo'lga kiritadigan mashinaga aylandi. U "Manchester Yunayted"da ham, "Real"da ham, Portugaliya terma jamoasida ham obro' qozondi va sovrinlarga ega chiqdi.

"Manchester Yunayted" va "Arsenal" o'rtasidagi o'yinlar har doim qaynoq ruhda o'tardi. Krishtianu juda ko'p fint ishlatardi va buni inglizlar uncha yoqtirmagan. Ular Krishni haqoratlashardi. Siz angliyaliklarga qarshi bunday o'ynay olmaysiz, ayniqsa "Arsenal"ning uy stadionida.


Avvaliga uni qabul qilish qiyin kechdi. Angliyadagi futbol boshqa davlatlardan farq qiladi. Ammo Ronaldu bu muhitga tezda o'rganib ketdi va oxir-oqibat Premer-liganing eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi.

Ronalduga kelsak, aytadigan asosiy jihat bu uning gollaridir. U gollarini mukammal darajada kiritadi. Uning maqsadi gol urish va sovrin yutish. Krishtianu mashina", — deya takidladi Pires.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика