So’nggi yangiliklar

20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  0 19:51"Манчестер Сити" - "Видад Касабланка". Таркиблар маълум  12 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  1 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   1 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  7 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1 14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  5

PippoGOAL: "Milan"ning safari bugun boshlanadi Yangiliklar

PippoGOAL: "Milan"ning safari bugun boshlanadi

A Seriyaning yangi mavsumi start olishga ulgurdi.

Italiya chempionatining o'tgan mavsumida kumush medallarga egalik qilgan "Milan" musobaqadagi ishtirokini bugun boshlaydi. "Rossonerilar"ning dastlabki turdagi raqibi "Sampdoriya". Aksar katta jamoalardan farqli ravishda yozda "Milan"ning murabbiylar postida o'zgarish ro'y bermadi. Stefano Pioli o'z ishini davom ettirmoqda. Jamoaga o'z falsafasini singdirayotgan mutaxassis qo'l ostidagi barcha futbolchilarni yaxshi taniydi.  

Yodingizda bor, klubning o'tgan yilgi starti butun Evropani shokka tushirib qo'ygandi. Ammo, tan olish qiyin bo'lsa-da, ortiq buning iloji yo'q. CHunki endi hech kim "Rossoneri"ni mensimay maydonga tusholmaydi, barcha uning nimalarga qodirligini bilib oldi. SHu tufayli 2020-21 yilgi mavsum starti oldingisi kabi yorqin bo'lishini kutish xato bo'lishi mumkin.

"Sampdoriya" oson raqib emas, lekin "Milan"ning 3 ochkoli bo'lishi ehtimoli yuqori. Genuya klubida Klaudio Ranerini almashtirgan Roberto D’Aversa qurgan jamoaga oldindan baho berish biroz mushkul. Ko'p ehtimol bilan Fabio Kvalyarellaning etakchilik mavqeyi saqlab qolinadi. Tajribali forvard A Seriyaning o'tgan mavsumida 13 gol bilan "Sampdoriya"ning eng yaxshi to'purari bo'lgandi.

Janluiji Donnarumma va CHalhanoglu ketdi. Frank Kesse hamda Zlatan esa jarohat tufayli safda emas. Demak, "Milan" "Sampdoriya" qarshisiga o'tgan mavsumdagi 4 etakchisiz chiqadi. Braim Diasni hujumchi ortida o'ynatish esa tavakkaldan boshqa narsa emas. Yangilarning rasmiy o'yinlarda o'zini qanday ko'rsatishi ham so'roq ostida turibdi. To'g'ri, Olive Jiru rasmiy debyutida o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishini ko'pchilik kutyapti. Ammo, ishlar teskarisiga ketsa ham, hech kim ajablanmaydi.

Statistika

1. "Milan" A Seriyaning so'nggi 5 o'yinida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

2. "Sampdoriya" Italiya chempionatining so'nggi mavsumida turnirni golsiz mag'lubiyat bilan boshlagan.

3. "Milan" odatda chempionatning dastlabki turini mehmonda o'tkazsa, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. So'nggi 5 o'yinning 4 tasida mag'lubiyat qayd etilgan.

4. "Sampdoriya" 4 o'yindan beri "Milan"ni engolmayapti (2 tadan mag'lubiyat va durang).

Taxminiy tarkiblar

Sampdoriya: Audero – Berejinski, Ferrari, Kolli, Audjello – Torsbyu, Ekdal/Silva – Kandreva, Gabbyadini, Damsgor – Kvalyarella

Milan: Menyan – Kalabriya, Ker, Tomori, Ernandes – Bennaser, Tonali – Salemakers, Dias, Rebich – Jiru

Jarohat olganlar: Ibragimovich va Kesse

Diskvalifikaciya:

Malumot uchun, Genuyadagi bahs Toshkent vaqti bilan 23:45'da start oladi.

Sampdoria

Serie A . 1-tur

24/08/2021, 00:45

1
:
0
Tugadi

AC Milan

Brahim Diaz - 9'

Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 5000 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Guida

45'
90'
33'  Manolo Gabbiadini
71'  Tommaso Augello (Nicola Murru)
71'  Manolo Gabbiadini (Valerio Verre)
86'  Albin Ekdal (Adrien Silva)
89'  Nicola Murru
90'  Bartosz Bereszynski
9'  Brahim Diaz
9'  Davide Calabria
69'  Brahim Diaz (Ismael Bennacer)
69'  Rafael Leao (Ante Rebic)
81'  Alexis Saelemaekers (Alessandro Florenzi)
86'  Simon Kjaer
88'  Davide Calabria (Alessio Romagnoli)

Nima uchun A Seriyani tomosha qilishingiz kerak?

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика