Pioli: "Milan" MYU maydonidagi durangga rozi"
12 mar 2021 01:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/624956_original.jpg)
![](/upload/storage/624956_220.jpg)
Pioli: "Milan" MYU maydonidagi durangga rozi"
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Evropa ligasi 1/8 finali doirasida "Manchester Yunayted" maydonidagi durang haqida gapirdi.
"Milan"ni yaxshilashga va uni ko'rishga o'rganib qolgan pog'onaga qaytarishga harakat qilyapmiz. Bu manoda shu kabi o'yinlar biz uchun juda muhim.
O'yin yaxshi o'tdi, natija bizni qoniqtirdi. SHu orqali biz yanada yaxshiroq o'ynay olishimizni va shunday kuchli jamoa to'sig'idan o'ta olishimiz mumkinligini tushundim.
O'yindan oldin 1:1 hisobiga rozi bo'lishimni aytgandim. Ammo hozirda bundan-da ortig'iga erisha olishimizni his qilib turibman. Jamoada kuchli rux bor, ular o'yindan o'yinga buni nazorat qila olishmoqda. Garchi natija yaxshi bo'lsa-da, bo'shashmayapmiz. Bu o'rinda futbolchilarni ham maqtab o'tish lozim", - dedi Pioli.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar