Pioli: "Ibragimovich nomining o'zi ko'p narsalarni o'zgartiradi"
31 dek 2019 20:12
Yangiliklar
Pioli: "Ibragimovich nomining o'zi ko'p narsalarni o'zgartiradi"
"Zlatan - jangchi, etakchi, xarizmatik futbolchi, u doimo masuliyatni o'z bo'yniga oladi va g'alaba uchun intiladi. U jamoani ruhlantiradi va uning qarorlari doimo muhim ahamiyat kasb etadi. Uning nomining o'zi ko'p narsalarni o'zgartiradi.
Jamoani yoshartirish zamirida biz raqobatbardoshlikni yo'qotdik. Ibra esa shunday futbolchiki, bizdagi katta bo'shliqlarni yopa oladi. Bizga yordamga kelgani uchun unga katta minnatdorchilik bildiraman.
Ibragimovich jamoani hujumga o'tishi, qanday paslar berishi va sheriklarini qanday joylashtirishni yaxshi biladi. U bilan telefon orqali gaplashganimda kayfiyati yuqori ekanligini va ilk mashg'ulotini intiqlik bilan kutayotganini aytdi. Men ham unga mashg'ulot o'tashni sabrsizlik ila kutyapman", - dedi Pioli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar