Pioli: "Bizda barqarorlik yo'q"
05 dek 2021 11:33
Yangiliklar
Pioli: "Bizda barqarorlik yo'q"
"O'yindan oldin muxlislar bizning g'alabamizni taxmin qilayotgandi. Yaxshi o'yin o'tkazdik va g'alabaga erishdik, barchasidan mamnunman. Yanada ko'proq gol urganimizda yaxshi bo'lardi. Jamoa hujumkor o'yin ko'rsatib, juda ko'p vaziyatlar yarata oldi.
Raqib xavf ostiga qo'ymasdan hujumga chiqmaganda ham biz o'yinni nazorat qilib, to'p bilan bo'lganimiz va vaziyatlar yaratganimiz menga yoqdi. To'p bilan va to'psiz yaxshi harakatlandik.
Mavsum boshida jamoa yaxshi mehnat qilganini aytgandim. CHempionatda barchasini detallar hal qiladi. Balki jarohatlar hamda evrokuboklar skudetto uchun kurashda asosiy faktor bo'lishi mumkin.
Ketma-ket ikkinchi mavsumni yuqori notada boshladik. Ammo jamoaning asosiy muammosi barqarorlikning yo'qligida", - dedi Pioli.
Fikrlar