So’nggi yangiliklar

18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  0 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  1 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  2 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1

Pim Verbekdan SHahboz Beg'amovga tezkor javob Yangiliklar

Pim Verbekdan SHahboz Beg'amovga tezkor javob

SHunday qilib biz uchun ham Osiyo Kubogi start oladigan kun keldi.

Ertaga Ummonga qarshi bahs bilan O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2019dagi ishtirokini boshlaydi. Bugun har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida o'yindan oldingi matbuot anjumani hamda rasmiy mashg'ulotlar o'tkazildi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Ummon terma jamoasi ustozi ishtirok etdi. Ayni paytda bu jamoani boshqarayotgan Pim Verbek biz uchun begona emas. Gollandiyalik mutaxassis o'z vaqtida Avstraliya bilan Toshkentga tashrif buyurgan. 

Matbuot anjumani yakuniga etgach janob Verbek bilan tashqarida biroz gaplashib qoldik. Yaqin o'tmishni yodga oldik. Xullas futboldan gap bordi. Pim Verbek bilan 4 may kuni tashkil qilingan Osiyo Kubogiga qura tashlash marosimidan so'ng intervyu olib bahonada tanishib olgandim.

Matbuot anjumani paytida gollandiyalik murabbiyga savollar ingliz va arab tilida berildi. Inglizchani nemis tiliga nisbatan kam biladigan saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov tishining kavagida saqlab yurgan savolini Verbekka bera olmagandi. Tashqarida esa buning imkoni tug'ildi. Men tarjima qilib turdim. Beg'amov so'radi: "Jamoangizda yaxshi himoyachilar ko'p, Ummonda ko'proq himoyaviy futbolni yo'lga qo'yganingizni ham bilamiz. O'z navbatida Ektor Kuper ham himoyaviy futbolni maqul ko'ryapti. SHunday kelib chiqib ertaga ikkala jamoadan faqat himoyaviy o'yin ko'ramizmi yoki muxlislarga yoqadigan futbol kutsak bo'ladimi?" 

Verbek bu savolga o'ylanib o'tirmay "Unda ertaga 0:0 bo'ladi" dedi. Hammamiz ozgina kulishib oldik. "Albatta, bu hazil - deb qo'shib qo'ydi 63 yoshli mutaxassis birozdan so'ng. - O'ylaymanki, ikkala jamoa ham muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etadi. Menimcha, stadionga tashrif buyuradigan muxlislar zerikib qolishmaydi". Bu paytda Verbek bilan matbuot anjumaniga kelgan raqib futbolchisi televidenie uchun alohida intervyu berayotgan, shu bois murabbiy bilan suhbatimiz yana biroz cho'zildi. 

Tinib-tinchimas Beg'amov tag'in savol berdi: "Osiyo Kubogida ishtirokchilar soni 24taga oshirilganiga qanday qaraysiz?" "Juda ijobiy fikrdaman, - dedi Verbek. - Endilikda kuchsiz jamoalar ham musobaqaning final bosqichida o'ynash imkoniga ega bo'lishdi. Bundan tashqari muxlislar ham shu jamoalarga etibor qarata boshlashdi. Osiyoda eng kuchli beshta jamoa bor, turnirda qatnashayotgan qolgan 20 jamoa ularga o'xshashga harakat qilyapti. Bu juda yaxshi albatta". 

Beg'amov xavotirda. U Ummon himoyachilari "ikkinchi qavatda" bosh bilan yaxshi o'yin namoyish etishidan xavotirga tushib qolgan. SHahboz baribir jim tura olmadi va xavotirga tushayotganini murabbiyga aytdi-qo'ydi. Verbek esa o'z uslubida hazilomuz javob qaytardi: "Xavotir olma, hammasi yaxshi bo'ladi". Hadeb Osiyo futboli haqida gapiravermasdan gollandiyalik murabbiy bilan Gollandiya terma jamoasi haqida ham gaplashdik. "Bizda avlodlar almashinuvi yuz beryapti. Aholimiz soni ko'p emas, aholisi kam davlatlar futbolida bunday past-balandliklar uchrab turadi. Gollandiyadan yangi avlod etishib chiqyapti va tez orada biz ham eng kuchli jamoalardan biriga aylanamiz". 

Ummonlik futbolchi intervyu berib bo'ldi. Ketadigan payt bo'lib qolgandi. Xayrlashish oldidan saytimiz rahbari Gayrat Xasbiullin Pim Verbekka qarab "Sizga Yaponiya va Turkmaniston bilan bo'ladigan o'yinlarda omad tilayman" dedi. O'z navbatida Verbek ham "Xuddi shunday tilakni men ham sizlarga bildiraman" deb xayrlashdi. Qita miqyosidagi katta musobaqalar nafaqat o'yin va muhit, balki o'yin atrofidagi mana shunday voqealar bilan ham qiziq.

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика