Pikford "Liverpul"ga qarshi derbi haqida: "O'zimiz va muxlislar uchun ularni mag'lub etmoqchimiz"
07 iyu 2020 00:24
Yangiliklar


Pikford "Liverpul"ga qarshi derbi haqida: "O'zimiz va muxlislar uchun ularni mag'lub etmoqchimiz"
"Everton" darvozaboni Jordan Pikford "Liverpul" bilan o'yin haqida to'xtaldi.
"Biz har bir o'yinda g'alaba qozonishni xohlaymiz va har qanday derbi muxlislar hamda futbolchilar uchun juda muhimdir.
Qanchalik yaxshi o'ynashimizni ko'rsatmoqchimiz va g'alaba qozona olamiz. Ular jadvalda etakchilik qilayotgani va kuchli jamoa ekanligini tushunamiz. Biroq yutuqqa erishish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz.
Jamoamiz g'alaba uchun zarur bo'lgan barcha fazilatlarga ega. O'zimiz va muxlislar uchun "Liverpul"ni mag'lub etmoqchimiz”, – dedi Pikford.
Eslatib o'tamiz, mavsum restartida "Everton" va "Liverpul" o'zaro to'qnash keladi. Premer-liga 30-turidan o'rin olgan bu uchrashuv 21 iyun kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar