Pikening “Barsa”dagi statistikasi
06 noy 2022 09:45
Yangiliklar
Pikening “Barsa”dagi statistikasi
Xayrlashuv uchrashuvda maydonga tushgan Jerar Pike kataloniyaliklar libosida 423-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu klub tarixidagi beshinchi natija hisoblanadi. Undan oldinda Andres Inesta (459), Xavi (476), Serji Buskets (482) va Lionel Messi (542) bor.
SHuningdek, 35 yoshli himoyachi “ko'kanorranglilar” safida 616-o'yini o'tkazdi. Uning hisobida 30 ta titul bor va ular orasida 8 ta Ispaniya chempionligi hamda 3 ta ECHL bosh sovrini mavjud.
Eslatib o'tamiz, Pike 1997-2004 yillarda kataloniyaliklar akademiyasida tarbiyalangan. 2004-2008 yillar davomida “Manchester Yunayted” azosi bo'lgan va 2006/07 yilgi mavsum ijara asosida “Saragosa”da harakat qilgan. “Barsa”ga esa u 2008 yil qaytdi va hozirgacha faoliyat olib borayotgandi.
Bu mavsum esa futbolchi kataloniyaliklar tarkibida 11 ta uchrashuvda qatnashdi va 3 bor ogohlantirildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar