Pikening 2,1 million evrolik jarimasi bekor qilindi. Jerar soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda gumon qilingandi
22 dek 2021 21:07
Yangiliklar
Pikening 2,1 million evrolik jarimasi bekor qilindi. Jerar soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda gumon qilingandi
Ispaniya Oliy sudi "Barselona" himoyachisi Jerar Pikega qo'yilgan 2,1 million evro miqdoridagi jarimani bekor qildi.
Oldinroq Ispaniya sudi futbolchiga 2008-2010 yillar davomida soliq to'lashdan bo'yin tovlagani uchun ushbu jarimani to'lashni buyurgandi.
Futbolchi soliq solinadigan bazani kamaytirish maqsadida o'z kompaniyasi bilan imidj huquqlarini boshqarish bo'yicha qalbaki shartnoma tuzganlikda gumon qilingandi.
Oliy sud kompaniyani noqonuniy emas deb topdi va jarimani bekor qildi.
Fikrlar