Pike Messiga: "Sen barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisisan"
07 avg 2021 09:57
Yangiliklar
Pike Messiga: "Sen barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisisan"
"Endi xech narsa avvalgiday bo'lmaydi. "Kamp Nou" ham, "Barselona" ham, o'zimiz ham. 20 yil klubga boringni berding va endilikda sen "Barselona" libosida bo'lmaysan.
Biz 2000 yilda tanishgandik va o'shanda 13 yoshda edik. Oldimizda katta faoliyat turgandi. Agar o'shanda biz kelajagimizni tasavvur qilib ko'rganimizda, bundan ortig'ini tasavvur qilish mumkin emasdi.
"Barselona"ga qaytganimdan keyingi ilk mavsumda biz trebl qildik, sen esa barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisiga aylanding. Rosariodan Rimgacha (2009 yilgi ECHL finali Rimda o'tkazilgandi). Mana afsona qaerda boshlangandi. Keyin bo'lgan voqealar esa tarix. Biz vaqtni juda yaxshi o'tkazdik.
Sen ketyapsan va shuni bilamanki, qachonlardir qaytasan. Qolib ketgan ishlar bor. Qaerga borsang ham ishlaringdan zavq ol, g'alaba qozonishda davom et. Bu erda seni sog'inamiz. Seni yaxshi ko'raman, Leo", - dedi Pike.
Fikrlar