Pike faoliyatini "Barselona"da yakunlamoqchi
25 okt 2014 22:31
Yangiliklar


Pike faoliyatini "Barselona"da yakunlamoqchi
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike o'z faoliyatini kataloniyaliklar safida yakunlamoqchi.
Men "Manchester Yunayted"da o'ynagan paytimda juda baxtli edim. U erda mening ko'plab do'stlarim qolishgan. Men har doim "Barselona" jamoasida faoliyatimni yakunlashni istashimni aytib kelganman. "Yunayted"da men Ferdinand va Vidichga raqobatda yutqazganman. Ular hech ham jarohat olishmasdi va kamiga chetlatilmagan ham. Ferdinand va Vidichni asosiy tarkibdan chiqarish juda qiyin edi. Men ilk bor hozir "Barselona"da o'yin amaliyotisiz qolib ketmoqdaman. Men hozir "Barselona"dan ketish haqida o'ylamayapman. "Manchester Yunayted"ning qiziqishi haqida eshitish yoqimli. Lekin men "Barsa" muxlisiman va shu erda qolishni xohlayman.

Fikrlar