Pike "Barselona"ning o'yinidan noroziligini aytdi Yangiliklar

Pike "Barselona"ning o'yinidan noroziligini aytdi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Jerar Pike jamoaning ayni damdagi o'yinidan mamnun bo'lmadi.

"Jamoaning darajasi oldingidek emas, shu sababli ulardan katta narsalarni kutib bo'lmaydi. "Barselona"da talablar doimo yuqori bo'lgan. Garchi natijalar yomon bo'lmasa-da, jamoaning umumiy o'yin uslubi yaxshi emas.

Xavining istefosi? Unga to'liqligicha ishonaman. U jamoaga nimalar kerakligini yaxshi biladi, barchasini to'laqonli nazorat qilmoqda. Unga ishonish kerak", - dedi Pike.

Ayni damda "Barselona" 13 o'yindan keyin 30 ochko to'plagan holda LaLiga turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 25 noyabr kuni safarda "Rayo Valekano"ga qarshi bo'ladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика