So’nggi yangiliklar

17:15Расман: "Нефтчи" афсонаси клубга қайтди  2 17:05"Сўғдиёна" ҳужумчиси: "Халқаро майдонда Россия клублари етишмаяпти"  2 16:55Факт: Қатар ЖЧ-2026 саралашида меҳмонда ҳали ғалаба қозонмади. Сафардаги сукунат давом этадими?  6 16:30Расман: Мирзад Механович "Андижон"ни тарк этди  0 16:05Роналду "Ал-Насср"да қолишини тасдиқлади  5 15:20Қосимов, Аҳмедов, Зейтуллаев, Тожиев - Қатар билан ўзаро ўйинлар тўпурарлари   11 15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  9 14:50Сречко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  18 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  10 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  2 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  1 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  13 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  2

Pike: “Barsa”ga qaytaman. SHu erda tug'ildim, shu erda o'laman” Yangiliklar

Pike: “Barsa”ga qaytaman. SHu erda tug'ildim, shu erda o'laman”

“Barselona” safida xayrlashuv o'yinini o'tkazgan Jerar Pike o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Avvalo, tashakkur. Barcha jamoadoshlarim, xodimlar, sport zalida mehnat qilayotganlarga … Bizga har kuni yordam beradiganlar, hayotimizni osonlashtira oladigan har bir xodimga. O'tgan davr uchun rahbariyatga rahmat.

Hayotda yosh ulg'aygan sayin, bazida sevish – qo'yib yuborishni anglatishini tushunasiz. Munosabatlarimizda shuncha muhabbat va ehtiroslar bor edi. Fikrimcha, bizga biroz dam berish vaqti keldi.

Kelajakda yana shu erda bo'lishimga ishonchim komil. Bu xayrlashuv emas, ko'p yillar oldin ham ketgandim va keyin qaytib kelganman. SHu erda tug'ildim, shu erda o'laman. Yashasin, “Barsa”!”, degan Pike.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli ispan 1997-2004 yillarda kataloniyaliklar akademiyasida tarbiyalangan. 2004-2008 yillar davomida “Manchester Yunayted” azosi bo'lgan va 2006/07 yilgi mavsum ijara asosida “Saragosa”da harakat qilgan. “Barsa”ga esa u 2008 yil qaytdi va hozirgacha faoliyat olib borayotgandi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика