Picci: “Germaniya bilan o'yin natijasidan qoniqdim”
23 iyu 2017 03:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/260715_original.jpg)
![](/upload/storage/260715_220.jpg)
Picci: “Germaniya bilan o'yin natijasidan qoniqdim”
“Uchrashuv ajoyib ruhda o'tdi. Maydonda ikkita o'ziga xos rejalarga ega bo'lgan jamoalar kurash olib borishdi va bu doim qiziqarli bo'lib kelgan. Biz bugun raqibimiz singari g'alaba uchun harakat qildik, ammo durangga erishdik. Biz ayrim vaziyatlarda bir-birimizda darvoza oldida xalaqit qildik.
Durang qoniqarli natija deb hisoblayman. O'yin uchun tuzgan rejamiz ish berdi. Jamoadan faxrlanaman.
Sanches bugun juda muhim golni urdi. Aleksis, Arturo Vidal juda yaxshi o'ynashdi va boshqa futbolchilarimdan ham mamnunman. Germaniya juda kuchli jamoa. Biz ularga tengma-teng qarshilik ko'rsatdik.
Biz birinchi bo'limda ko'proq to'p nazoratini o'zimizda saqlashga urindik va juda katta kuch sarfladik. SHu sabab ikkinchi bo'limda charchoq alomatlari kuzatildi. Ammo biz o'yin oxirida durangni saqlab qolish uchun o'ynamadik” deydi Picci.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar