So’nggi yangiliklar

20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  8 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7

PFLning maxsus ishchi komissiyasi “Buxoro” va “Mashal” stadionlarini ko'zdan kechirdi Yangiliklar

PFLning maxsus ishchi komissiyasi “Buxoro” va “Mashal” stadionlarini ko'zdan kechirdi

PFLning maxsus ishchi komissiyasi “Buxoro” va “Mashal” klublari qarorgohini va ushbu jamoalar uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadionlarning ayni paytdagi holatini ko'zdan kechirdi

“O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini licenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O'FA Ijroqo'mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Mazkur reglament futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun tayyorlab boradi. Hali yangi mavsum oldidan licenziyalash jarayoni boshlanmagan bo'lsa-da, ayni paytda Superliga va Pro ligada ishtirok etuvchi klublarga licenziyalash talablari haqida atroflicha malumot berish, ulardan ushbu jarayonni muvaffaqiyatli yakunlash, kelasi mavsumda Superliga yoki Pro ligada ishtirok etish uchun qo'yiladigan talablar borasida to'liq axborot berish ishlari boshlab yuborildi.

Yangi mavsum oldidan klublar oldiga qo'yiladigan talablar ichida eng muhimlaridan biri – yaxshi stadion infratuzilmasiga va yaxshi holatdagi maydonga ega bo'lish sanaladi.

SHu sababdan bu safar Buxoro va Muborakda bo'lgan PFLning maxsus ishchi komissiyasi “Buxoro” va “Mashal” klublari qarorgohini va ushbu jamoalar uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadionlarning ayni paytdagi holatini ko'zdan kechirdi. “Buxoro” sport majmuasida maydon chimi holatini yaxshilash, maysani parvarish qilish borasidagi kerakli tavsiyalar ushbu soha bo'yicha mutaxassis tomonidan berildi. SHuningdek, mazkur stadiondagi o'rindiqlar holati ham biroz talab darajasida emas ekani etirof etilib, kelasi mavsum oldidan tribunalar holatini ham yaxshilash lozimligi takidlandi.



“Mashal” jamoasi uy o'yinlarini o'tkazadigan “Bahrom Vafoev nomidagi stadion”da ham maydon holatini yaxshilash, maysani parvarish qilish bo'yicha amalga oshirlishi lozim bo'lgan ishlar mavjud ekani malum bo'ldi. Soha bo'yicha mutaxassis qish mavsumida maysa parvarishi bo'yicha o'z tavsiyalarini berdi. Qolaversa, “Mashal” jamoasi stadion yoritish tizimi (ayni paytda 1100 lyuks) ni yaxshilashi zarur ekani qayd etildi.  

Ushbu klublar maxsus ishchi komissiya tavsiyalariga ko'ra qishdagi mavsumlar oralig'ida mavjud kamchiliklarni bartaraf etishi lozim bo'ladi.



Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика