So’nggi yangiliklar

20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  4 20:10Ўзбекистон Кубоги. “Бунёдкор” — “Локомотив”, “Бухоро” — “Наманган ФА”, “Қўқон-1912” — Қизилқум”, “Замин” — “Андижон ФА”  6 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  9 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  2 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  11 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  6 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  4 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  4 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  7 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  9 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1

PFLMANAGER.UZ: "G'alaba" sovrinli ligasida bugun dedlayn! (Tekinga qimmatli maslahatlar) Yangiliklar

PFLMANAGER.UZ: "G'alaba" sovrinli ligasida bugun dedlayn! (Tekinga qimmatli maslahatlar)

O'zbekiston Superligasi asosida yaratilgan virtual futbol sayti - "PFLMANAGER.UZ"da 9-turdan boshlab yangi "G'alaba" sovrinli ligasi start olgani haqida xabar bergandik.

PFLMANAGER.UZ: "G'alaba" sovrinli ligasi start oldi

Bugun Superliganing 10-tur o'yinlari boshlanadi. SHu boisdan ham PFLMANAGER.UZdagi jamoangiz tarkibini yangilashni, kerakli va ushbu turda sizga ochko olib keladigan futbolchilarni tanlashda ziyrakroq bo'ling.

Demak, PFLMANAGER.UZ saytiga tashrif buyuring va qimmatbaho sovg'alar yutib oling. Eslatib o'tamiz, bitta ishtirokchi bir nechta ligalarda ishtirok eta oladi. 10-tur uchun dedlayn 4 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da tugaydi.

"G'alaba ligasi" (9-turdan - 11-turgacha)

Sovrinlar:
1-o'rin - Xiaomi smartfoni
2-o'rin - Xiaomi smartfoni
3-o'rin - Xiaomi smartfoni


TEKIN TAVSIYA VA MASLAHATLAR

Bu turda "Nasaf" "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi. Bu ikkala jamoalar oxirgi turlarga kelib g'alaba tamini sog'inib qolishgan. SHu boisdan bu bahsda har ikkala jamoalar faqat g'alabani ko'zlab o'ynashlariga shubha yo'q. SHuni qo'shimcha qilamizki, futbolchi tanlayotganda bu jamoalarning himoyada tartibli o'ynashlariga alohida urg'u berishni unutmang.

"Bunyodkor"dan kimlarni olish kerak? (Murod Zuhurov, Murod Toshmatov, Xurshid G'iyosov, SHahzod Nurmatov)
"Nasaf"dan kimlarni olish kerak? (Slavko Lukich, Aziz G'aniev, Bobir Abdixoliqov)


"Neftchi" esa o'z uyida murabbiy o'zgarganidan keyin muvaffaqiyatsiz seriyasiga barham bera olgan "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Hozirga qadar Superligada g'alaba qozona olmagan "Neftchi"ga "Loko"ga qarshi o'yinda oson bo'lmasligi aniq. "Temiryo'lchilar"ga ham ochko suv va havodek zarur. SHu boisdan ham "Neftchi"dan himoyachi olayotganda ehtiyotkor bo'lishni tavsiya qilamiz. CHunki "Loko"ning hujum chizig'i ancha kuchli va xavfli. Bu o'yindan ko'proq "temiryo'lchilar" hujum chizig'i vakillariga ko'proq etibor berish maqsadga muvofiq.

"Neftchi"dan kimlarni olish kerak? (Murod Bobojonov)
"Lokomotiv"dan kimlarni olish kerak? (Ikrom Aliboev, Sardor Mirzaev, Husniddin G'ofurov)


AGMK - "So'g'diyona" uchrashuvida shiddatkor va keskin kurashlarga boy o'yin bo'lishini taxmin qilish mumkin. CHunki, AGMK oxirgi bellashuvlarda kutilgan natijalarni qayd eta olmayapti. Jizzaxliklar esa aksincha, ruhiy taraflama ularda ustunlik mavjud. Lushan jamoaga kelganidan so'ng natijalari birmuncha yaxshilangan "So'g'diyona" Olmaliqda AGMKga yaxshigina tashvish tug'dirishga qodir. Bu o'yinda ko'proq gollar bo'lishi ehtimoli yuqori. SHuningdek, keskin kurashlar ostida o'tadigan o'yinda futbolchilar hakam tomonidan ham ogohlantirish olishlari ehtimoli yuqori. SHu boisdan ham bu jamoalardan futbolchi olayotganda uning uslubi va xarakterini ham inobatga olish zarar qilmaydi.

AGMKdan kimlarni olish kerak? (SHohnazar Norbekov, Vadim CHemirtan, Yovan Jokich)
"So'g'diyona"dan kimlarni olish kerak? (Sardor Azimov, Izzatilla Abdullaev)


"Qizilqum" esa o'z uyida "Metallurg"ni mehmon qiladi. O'tgan turda g'alaba qozongan navoiyliklarning shashtlari ancha baland. "Metallurg" ham "Buxoro"ni mag'lub etgach o'zgacha ishtiyoq bilan Navoiyga tashrif buyurishi aniq. Aynan shu jihatlarni inobatga olgan holda, bu to'qnashuvda har ikkala jamoalar darvozani ishg'ol etishlari mumkin. Yani, bu bahsda muxlislar gollar ko'rishlariga shubha yo'q. Bu jamoalardan futbolchi tanlayotganda mudofaa vakillarini emas, balki hujumda harakat qiladigan o'yinchilarga etibor qaratishni maslahat beramiz.

"Qizilqum"dan kimlarni olish kerak? (Elguja Grigalashvili, Artur Gevorkyan, Doniyor Usmonov)
"Metallurg"dan kimlarni olish kerak? (Zohid Abdullaev, Zafar To'raev)


Turnir jadvali peshqadami "Paxtakor" bu turda Superliganing juda yopiq jamoasi bo'lib turgan "Qo'qon-1912" klubini qabul qiladi. Bu bahsda muxlislar juda ko'plab gollar guvohiga aylanishlarini taxmin qilish mushkul. CHunki "sherlar" va qo'qonliklarning mudofaa chizig'i va darvozabonlari ancha kuchli. Bejizga "Paxtakor" va "Qo'qon-1912" eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoa bo'lib turgani yo'q. SHu boisdan ham bu jamoalardan asosan darvozabon, himoya chizig'i vakillaridan tanlashni maslahat beramiz. "Paxtakor"ni o'z uyida o'ynayotganini inobatga olgan holda, bu uchrashuvda nisbatan "sherlar" azolari ochko keltirishlari mumkin.

"Paxtakor"dan kimlarni olish kerak? (Eldorbek Suyunov, Marko Simich, Tiago Bezerra, Jaloliddin Masharipov)
"Qo'qon-1912"dan kimlarni olish kerak? (O'tkir Yusupov, Aleksandr Merzlyakov)


Turning so'nggi to'qnashuvida "Buxoro" "Navbahor"ni sinovdan o'tkazadi. Bu o'yin ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otishi tabiiy. CHunki turnir jadvali peshqadamlaridan biri bo'lib turgan "Buxoro" Beokoboddagi mag'lubiyat alamini olish uchun ham ikki hissa kuch bilan o'ynaydi. Mavsumni bir tekisda o'tkaza olmayotgan "Navbahor" esa faqatgina uy jamoasi emasligini isbotlash uchun ham Buxorodagi bahsda bor kuchini sarflashi aniq. Bu uchrashuvda muxlislar har ikkala jamoalar ishtirokida gollarga guvoh bo'lishlari ehtimoli yuqori. Bu to'qnashuvdan futbolchi tanlayotgan avvalo hujum chizig'i vakillari yoki yarim himoyada o'ynaydigan futbolchilarga ko'proq ishonch bildirgan maqul.

"Buxoro"dan kimlarni olish kerak? (Arslonmurot Omonov, SHavkat Salomov, Bahodir Nasimov)
"Navbahor"dan kimlarni olish kerak? (Azizbek Turg'unboev, Azamat Allaniyazov, Sardor Sulaymonov)

Bu shunchaki tavsiya va maslahatlar. O'z jamoangiz uchun kerakli va foydali bo'lgan futbolchilarni tanlayotganda ichki sezgini ham his eta olish talab qilinadi. Balki hech kim kutmagan va ko'pchilik ishonch bildirmagan futbolchilar bu turda gol yoki golli uzatmalarni amalga oshirib, "PFLMANAGER.UZ"da ko'proq ochko yig'ishlari mumkin. Siz esa virtual futbol olamida o'zingizning murabbiylik mahoratingizni ishga solishga urinib ko'ring!


"PFLMANAGER.UZ"da eng ko'p ochko yig'gan futbolchilar o'ntaligi (TOP-10)


Eslatma: Superliganing 10-turida quyidagi futbolchilar diskvalifikaciya tufayli o'yinlarni o'tkazib yuboradi: Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), SHukurali Po'latov (“Neftchi”), Abdurahmon Abdulxaqov (“Neftchi”), Abduqahhor Xojiakbarov (AGMK), Nivaldo ("Lokomotiv"), Umar Eshmurodov ("Nasaf").

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика