PFLMANAGER.UZ Superligadagi eng foydali futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi (TOP 5)

17 iyul 2018, 18:39
O'zbekiston Superligasi asosida yaratilgan virtual futbol sayti PFLMANAGER.UZ eng ko'p foydali ishni bajarayotgan futbolchilar ro'yxatini taqdim etib boradi.

Unga ko'ra, Superliganing 16-turidan so'ng eng ko'p foydali ish qilgan futbolchilar "beshligi" quyidagicha:

1. Tiago Bezerra ("Paxtakor", vinger) - 16 o'yin, 7 gol, 4 bor foydali (assist yoki golli jarima ishlagan) ishni bajargan.
"PFLMANAGER.UZ"da to'plagan ochkosi - 89.


2. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor", vinger) - 16 o'yin, 4 gol, 8 bor foydali (assist yoki golli jarima ishlagan) ishni bajargan.
"PFLMANAGER.UZ"da to'plagan ochkosi - 85.


3. Eldorbek Suyunov ("Paxtakor", darvozabon) - 16 uchrashuv, 9 quruq o'yin. 22 marotaba seyv amalga oshirgan.
"PFLMANAGER.UZ"da to'plagan ochkosi - 71.


4. Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor", tayanch yarim himoyachi) - 15 o'yin, 8 gol, 1 bor foydali (assist yoki golli jarima ishlagan) ishni bajargan.
"PFLMANAGER.UZ"da to'plagan ochkosi - 70.


5. Azizbek Turg'unboev ("Navbahor", vinger) - 15 o'yin, 4 gol, 4 bor foydali (assist yoki golli jarima ishlagan) ishni bajargan.
"PFLMANAGER.UZ"da to'plagan ochkosi - 69.


Eslatib o'tamiz, PFLMANAGER.UZda Superliganing 17-tur uchun dedlayn ertaga, 18 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia