So’nggi yangiliklar

07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  147 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  44 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  13 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  18 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  14 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29

PFLga taklif: Superligada birinchi davrani tugatib, so'ngra jamoalarni 7tadan ikki guruhga bo'lgan maqulmi? Yangiliklar

PFLga taklif: Superligada birinchi davrani tugatib, so'ngra jamoalarni 7tadan ikki guruhga bo'lgan maqulmi?

Malumki, karantin choralari kuchaytirilgani sabab Superliganing ikkinchi restarti 15 avgustga qadar surildi.

PFL 3 avgustdan Superligani davom ettirishni hamda 15 avgustgacha birinchi davrani tugatib olishni maqsad qilgandi. Biroq koronavirus avj olgani bois o'yinlarni o'tkazishga 15 avgustga qadar ruxsat berilmaydigan bo'ldi. Natijada buyog'iga Superligani qay tarzda davom ettirish hamda qanday tugatib qo'yish bo'yicha savollar yuzaga kela boshladi. 

Vaziyatdan kelib chiqib 26ta turdan iborat musobaqani shu tartibda davom ettirish oson bo'lmaydi. Bu kundan kunga ravshan bo'lib bormoqda. SHu bois katta ehtimol bilan PFL Superliga formatini o'zgartirishga majbur bo'ladi. Quyida esa bu borada bazi takliflarni ilgari suramiz. 

Birinchi davra tugatib qo'yilishi kerak 

Birinchi davra tugashiga 4ta tur qolgan. Superliga qachondan davom etishini aniq bilmadig-u, lekin baribir birinchi davrani tugatib qo'yishga to'g'ri keladi. Bu sport tamoyillariga ham mos keladi. "Tezkor studiya" mehmoni bo'lgan PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev suhbat davomida yozgi transferlar muddatini o'zgartirishga hojat yo'qligini aytib o'tdi. Malumki, yozgi darcha 10-31 avgust kunlariga belgilangan. 

Agar 15 avgustdan yana funbol o'yinlariga ruxsat berilsa, bu paytda transfer oynasi allaqachon ochilgan bo'ladi. Mayli, bu o'rinda klublar transfer bilan shug'ullansin, lekin toki birinchi davra tugamaguncha yangi futbolchini maydonga tushirmaslikni taklif qilaman. Bu ham statistika uchun yaxshi, ham ruxsat berilsa unda bazi futbolchilar bir davrada ikkita klub sharafini himoya qilgan bo'lib qoladi. Bu esa chalkashlikni keltirib chiqaradi. SHuning uchun birinchi davra oxiriga qadar klublar o'z safida yangi futbolchini o'ynatmagani maqul. 

Ikkinchi davra nima bo'ladi? 

Faraz qilamiz, avgust oxiriga qadar birinchi davra uchrashuvlari o'tkazib bo'lindi. 15 kunda to'rtta turni o'tkazsa bo'ladi. Faqat markazlashgan holda. Katta ehtimol bilan sentyabrgacha uy-mehmon tarzida o'yinlarni o'tkazishga imkon bo'lmaydi. SHu bois eng maqul yo'l baribir markazlashtirilgan uslub bo'lib qolaveradi. 

Agar ikkinchi davra ham shu tartibda davom etadi desak, unda tavqimda kunlarni belgilab olish nihoyatda mushkul bo'ladi. Negaki xalqaro taqvimda 31 avgust - 8 sentyabr, 4-13 oktyabr, 8-17 noyabr FIFA kunlari sifatida belgilab qo'yilgan va terma jamoamiz oktyabr-noyabr oylarida JCH-2022 saralash bosqichi o'yinlarida maydonga tushadi. Tabiiyki bu o'rinda terma jamoaga yaxshi tayyorgarlik ko'rishi uchun ko'proq kunlarni ajratishga to'g'ri keladi. Qolaversa sentyabr oyining ikkinchi yarmida "Paxtakor" Qatarda bo'ladi va OCHL o'yinlarini o'tkazadi. 

SHunday qilib FIFA kunlari va "Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasidagi ishtiroki yana 13ta turdan iborat ikkinchi davrani to'liq o'tkazishga xalaqit beradi. SHu bois bu o'rinda Superliganing birinchi davrasi yakunlaridan kelib chiqib jamoalarni 7tadan ikki guruhga bo'lgan holda musobaqani tugatib qo'yishni taklif qilmoqchimiz. 

Bu qanday bo'ladi? Birinchi davradan keyin hamma klub hisobida 13tadan o'yin bo'ladi. Keyin jadval ikkiga bo'linadi: 1-7 o'rinlar "A" guruhga, 8-14 o'rinlar "B" guruhga. Keyin 7ta jamoalik tizim tartibiga ko'ra musobaqa davom ettiriladi. Bunda har turda navbati bilan bittadan jamoa dam oladi. Umumiy hisobda esa har bir klub 6tadan o'yin o'tkazadi. Bu esa 13tadan o'yin o'tkazishga nisbatan kamroq va shu orqali chempionatni tugatib qo'ysa bo'ladi. 

Aytaylik, 9-turdan so'ng Superliga jadvali quyidagicha ko'rinish olgan. Jadvalning hozirgi ko'rinishida "A" guruhida bo'ladigan jamoalar navbatdagi bosqichni qanday o'tkazishadi. Buning uchun ham tayyor sxema ishlab chiqilgan. P.S. Quyidagi taqvim faqat hozirgi jalvaldan kelib chiqib tuzilgan. 

1. "Paxtakor"

2. AGMK

3. "Navbahor"

4. "Qo'qon-1912"

5. "Metallurg"

6. "Nasaf"

7. "Bunyodkor"


1-tur

1-(8). "Paxtakor" dam oladi

2-7. AGMK - "Bunyodkor"

3-6. "Navbahor" - "Nasaf"

4-5. "Qo'qon-1912" - "Metallurg"


2-tur

(8)-5. "Metallurg" dam oladi

6-4. "Nasaf" - "Qo'qon-1912"

7-3. "Bunyodkor" - "Navbahor"

1-2. "Paxtakor" - AGMK


3-tur

2-(8). AGMK dam oladi

3-1. "Navbahor" - "Paxtakor"

4-7. "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor"

5-6. "Metallurg" - "Nasaf"


4-tur

(8)-6. "Nasaf" dam oladi

7-5. "Bunyodkor" - "Metallurg"

1-4. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912"

2-3. AGMK - "Navbahor"


5-tur

3-(8). "Navbahor" dam oladi

4-2. "Qo'qon-1912" - AGMK

5-1. "Metallurg" - "Paxtakor"

6-7. "Nasaf" - "Bunyodkor"


6-tur

(8)-7. "Bunyodkor" dam oladi

1-6. "Paxtakor" - "Nasaf"

2-5. AGMK - "Metallurg"

3-4. "Navbahor" - "Qo'qon-1912"


7-tur

4-(8). "Qo'qon-1912" dam oladi

5-3. "Metallurg" - "Navbahor"

6-2. "Nasaf" - AGMK

7-1. "Bunyodkor" - "Paxtakor"


SHunday qilib 7ta tur bilan (jamoalar soni toq bo'lgani uchun 6tadan o'yin bo'ladi) musobaqani yakunlab qo'yish mumkin. Quyi ettilikdagi jamoalar uchun ham o'yinlar mexanizmi shu tartibda ishlab chiqiladi. Va yakunda chempion, sovrindorlar hamda autsayder nomi malum bo'ladi.

Bunda nimani yutamiz? Birinchi o'rinda musobaqani to'liq yakunlab qo'yishni. Ikkinchidan, har bir jamoa 13 ta o'yin o'rniga 6tadan uchrashuv o'tkazadi va o'yinlarni uy-mehmon tarzida (markazlashtirib emas!) haftalik cikl bo'yicha o'tkazib olamiz. Qolaversa buyoqda Kubokka ham bo'sh kunlar qoladi. 

Bu sxemaning yana bir afzal tomoni, kuchli jamoa bilan kimdir uyda, kimdir safarda o'ynaydi. Bu endi kimning birinchi davradan keyin qaysi o'rinni olishiga bog'liq. Har holda bu ham bir taklif, xolos. Albatta, yakuniy qaror baribir PFL zimmasidagi ish bo'lib qoladi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика