PFL: Talablarni bajarmagan klublar legioner bilan shartnoma imzolash huquqidan mahrum qilinadi
16 noy 2018 16:27
Yangiliklar


PFL: Talablarni bajarmagan klublar legioner bilan shartnoma imzolash huquqidan mahrum qilinadi
PFL komissiyasi ayni vaqtda futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash tizimi aks etgan reglament ishini deyarli yakunladi.
Unga ko'ra, 2019 yilgi mavsumda legioner futbolchilar xizmatidan foydalanadigan futbol klublari mana shu futbolchilar bilan hisob-kitobni O'zbekiston so'mida emas, o'zaro kelishilgan xorijiy valyutada amalga oshiradi.
SHuningdek, legioner futbolchilar uchun qo'yilgan talablar ham ancha yuqori bo'lib, bunga qadar legionerlar bilan ishlash masalasida qator kamchiliklarga yo'l qo'ygan futbol klublariga nisbatan sankciyalar qo'llaniladi va ular legioner futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi. Qo'shimchasiga, stadioni, bazasi, futbol akademiyasi talab darajasida bo'lmagan jamoalar ham legionerlar bilan shartnoma imzolash huquqidan mahrum qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar