So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  9 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  5 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

PFL Samvel Babayanni jazoladi Yangiliklar

PFL Samvel Babayanni jazoladi

Teglar :  Samvel Babayan
Samvel Babayan Superliga 18-turi doirasidagi “Paxtakor” - “Navbahor lochinlari” futbol klublari ishtirokidagi uchrashuv davomida ham texnik zona uchun amalda bo'lgan Reglament talablarini qo'pol ravishda buzdi hamda O'zPFL komissariga nisbatan bepisand muomalada bo'ldi.

“Navbahor lochinlari” futbol klubi bosh murabbiyi maslahatchisi Samvel Babayan Superliganing 17-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — AGMK futbol klublari o'rtasidagi uchrashuv davomida “2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 18.20-bandini buzganligi uchun O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasi 2021 yil 10 sentyabr kungi 17-sonli qarori bilan mutaxassisga nisbatan jarima intizom chorasini qo'llagan edi.

SHunga qaramay, Samvel Babayan Superliga 18-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Navbahor lochinlari” futbol klublari ishtirokidagi uchrashuv davomida ham texnik zona uchun amalda bo'lgan Reglament talablarini qo'pol ravishda buzdi hamda O'zPFL komissariga nisbatan bepisand muomalada bo'ldi.

SHundan kelib chiqib, O'zbekiston Professional futbol ligasi “Navbahor lochinlari” mutaxassisi Samvel Babayanning Superliga 19-turidan o'rin olgan “Turon” – “Navbahor lochinlari” o'yini vaqtida texnik zonada harakatlanishiga nisbatan cheklov qo'yadi va uning licenziyasini 1 ta tur uchun bekor qiladi. SHuningdek, Samvel Babayanga nisbatan belgilangan jarima to'lovi to'liq to'lab berilmaguniga qadar, u O'zPFL bayrog'i ostida o'tadigan musobaqalarda texnik zonaga kiritilmaydi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Metallurg” bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Reglament talablarini ikki qayta buzgani uchun shunday jazoga loyiq ko'rilgandi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика