So’nggi yangiliklar

10:39“Реал“ етакчиси билан шартномани узайтириш бўйича келишувга эришди  0 10:08“Ал Ҳилол“ “Милан“ футболчиси билан келишувга эришди  1 09:37Алонсо “Реал“даги дебютидан сўнг нималар деди?  12 09:05ЦСКАда мураббийлар алмашинуви. Энди Файзуллаевнинг ЦСКАдаги фаолияти қандай кечади?  4 08:35Пеп Гвардиола: “Бундай шароит ҳеч кимга тўғри келмайди“  2 08:03Шомуродов Туркиянинг қайси жамоаси билан музокара олиб боргани маълум  16 07:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" "Ал Айн"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 07:33Суперлига. Бугун 13-турга старт берилади  1 07:04Об-ҳаво сабабли 30 дақиқа учрашувда тўхталиш бўлган “Пачука“ — “Ред Булл Зальцбург“ учрашуви якунланди  0 04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  4 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  2 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  118 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  3 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  2 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0

PFL rasmiy sayti: Superliga hamda Pro-Liga uchrashuvlariga muxlislar tashrifi kamayib bormoqda, shu bois yangi loyihalar ishlab chiqildi Yangiliklar

PFL rasmiy sayti: Superliga hamda Pro-Liga uchrashuvlariga muxlislar tashrifi kamayib bormoqda, shu bois yangi loyihalar ishlab chiqildi

Teglar :  O'zPFLMuxlislar
O'zbekiston Professional Futbol Ligasi yangi mavsumda O'zbekiston CHempionati bahslarida muxlislar bilan ishlash, muxlislarni stadionlarga qaytarish, klublar muxlislari madaniyati hamda imijini oshirish uchun bir qator yangi loyihalar ishlab chiqdi.

Ayni damda, Superliga hamda Pro-Liga uchrashuvlariga muxlislar tashrifi kamayib bormoqda. Buning sababi sifatida, stadionlarda muxlislar uchun qulayliklar hamda sharoitlar yo'qligini ko'rsatish mumkin. Klublar hamda stadionlar rahbariyati bu borada yangi mavsumdan boshlab yangi talablar asosida faoliyat olib borishi elon qilindi.

Takidlash lozim, bu kabi muammo nafaqat klub yoki stadion, balki O'zPFL uchun ham salbiy omil hisoblanadi. SHu boisdan ham, O'zPFL rahbariyati muxlislarni yana stadionlarga qaytarish, ularning madaniyati oshirish, klublar qoshidagi muxlislar klublari faoliyatini yanada yaxshilash hamda ularga qulayliklar yaratish maqsadida bir qator mutaxassislarni ishga jalb etdi. Ayni damda mutaxassislar bu kabi salbiy muammolarni bartaraf etish uchun bir nechta loyiha va tadbirlarni ishlab chiqishdi. Ushbu loyihalar rejaga ko'ra yangi mavsumda bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Dastlabki bosqich:

Uchrashuvlardan oldin anonslar tayyorlash va uni keng ravishda yoritish. Bu orqali, birinchi navbatda, muxlislarning uchrashuv haqida batafsil malumot olishlari mumkin. SHuningdek, klub rasmiy sayti yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar o'rtasida turli promo-akciyalar, viktorinalar va lotoreyalar tashkil etish va g'oliblarga uchrashuvga chiptalar taqdim etishni tashkil qilish.

Muxlislar uchun qulayliklar.

Klub hamda stadion rahbariyati muxlislarning stadionlarga tashrifi uchun alohida dasturlar ishlab chiqishi rejalashtirilgan.


1.      Muxlislar uchun alohida yo'laklar tashkil qilish va ularga yo'l ko'rsatuvchi maxsus belgi hamda ishoralardan foydalanish.

2.      Klub muxlislar klubi uchun alohida sektor tashkil etish.

3.      Uchrashuv davomida muxlislar uchun stadion xududida barcha turdagi egulik hamda ichimliklar savdosini tashkil etish

4.      Uchrashuvlardan oldin muxlislarga klub atributikalarini, malum miqdordagi futbol to'plari, sharflar tarqatish.

5.      Oilaviy sektorlar tashkil etish.

Uchrashuvlardan oldingi tashkiliy ishlar.

1.      Klub rahbariyati har bir uchrashuv oldidan muxlislar uchun turli madaniy tadbirlarni tashkil etishi. Koncert dasturlari, akciyalar, sovg'alar tarqatish.

Stadion xududida o'yin boshlanishidan avval qiziqarli tadbirlar uyushtirish va unda kelganlar ishtirokini futbol uchrashuviga xarid qilingan chiptasi asosida bepul amalga oshirish orqali muxlislar sonini yanada ko'paytirish.

Ushbu loyihalar hamda dasturlar O'zPFL rasmiy saytida elon qilib boriladi.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика