PFL: Oliy Liga taqvimida o'zgarish
16 avg 2017 12:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/271819_original.jpg)
![](/upload/storage/271819_220.jpg)
PFL: Oliy Liga taqvimida o'zgarish
O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH–2018 saralash bosqichi so'nggi ikki o'yiniga tayyorgarlik ko'rishi munosabati bilan Oliy Liga 19-tur o'yinlari taqvimida o'zgarish yuz berdi.
2017 yilgi O'zPFL reglamentining 4-moddasi, 4.24-punktiga muvofiq, O'zbekiston milliy terma jamoasiga uch va undan ortiq futbolchilarning chaqirilishi munosabati bilan 25–26 avgust kunlarida bo'lib o'tadigan quyidagi uch bellashuv hozircha nomalum muddatga qoldirildi.
Mazkur uchrashuvlar qachon bo'lib o'tishi haqida malumot keyinroq beriladi.
Paxtakor (Toshkent) – Mashal (Muborak);
So'g'diyona (Jizzax) – Nasaf (Qarshi);
Olmaliq (Olmaliq) – Lokomotiv (Toshkent).
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar