So’nggi yangiliklar

01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  3 23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

PFL “Navbahor”ni ogohlantirdi Yangiliklar

PFL “Navbahor”ni ogohlantirdi

Teglar :  Navbahor
“Navbahor” futbol klubining yuksalishida viloyat hokimi Xayrulla Hayitboevichning xizmati ancha katta.

SHaxsan uning tashabbusi bilan “Navbahor” stadionida katta hajmdagi rekonstrukciya ishlari olib borilmoqda. Klub bosh arenasi maysasi 2019 yil ekvatorida “Nasaf” futbol klubinikidek ko'rinish olishi yo'lida ishlar davom etmoqda.

Viloyat hokimining bu etibori samarasi o'laroq “Navbahor” o'tgan mavsum sovrindorlar safiga qaytdi. Kelasi mavsumda jamoa chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri bo'lishi kutilyapti.

Biroq klubda faoliyat olib borayotgan ayrim rahbarlar “Navbahor” futbol klubining imidjiga putur etkazishi mumkin. Jamoaning futzalchilar va ayol futbolchilar oldida qarzi bo'lishiga qaramay, asosiy jamoa Turkiya yig'iniga jo'nab ketdi. PFL bu haqda klubni rasman ogohlantirganiga qaramay, jamoa o'z bilganicha ish tutdi.

“Navbahor” uch kun muddat ichida bu borada tushuntirish berishi talab etiladi. Yo'qsa, klubni katta miqdorda jarima kutadi. PFL mazkur jarimani o'z haqini ololmay yurgan futzalchi hamda ayol futbolchilar uchun sarf etadi.

SHuningdek, “Navbahor” qarzlar bilan bog'liq muammoni hal qilmaguniga qadar birorta ham futbolchini PFL ro'yxatidan o'tkaza olmaydi. Rekonstrukciya qilinayotgan stadion klub rivoji va Namangan futboli taraqqiyoti yo'lida xizmat qilishiga shubha yo'q. Biroq ishlar professional tarzda yo'lga qo'yilmaguniga qadar, “Navbahor” keyingi operaciyalarini amalga oshira olmaydi. 

Klub, shuningdek, jamoa bosh direktori haqida ham rasmiy malumot berishi va uning maqomini PFL talabi bo'yicha belgilab berishi talab etiladi. PFL bilan muloqotga kirishayotgan klub vakili hech qanday maqomga ega bo'lmagani holatida uning fikrlari inobatga olinmaydi. Klubga hech qanday aloqasi bo'lmay turib, uning ishlariga aralashayotgan shaxslar esa O'FA tomonidan diskvalifikaciya qilinadi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика