So’nggi yangiliklar

14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  1 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  11 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3

PFL komissari yo'l qo'ygan kulgili xatolar haqida Yangiliklar

PFL komissari yo'l qo'ygan kulgili xatolar haqida

"Qo'qon-1912" klubi matbuot kotibi Akramjon Mamadaliev "Surxon" - "Qo'qon-1912" o'yiniga PFL tomonidan tayinlangan komissar haqida bazi haqiqatlarni o'zining feysbukdagi sahifa orqali bo'lishdi.

"Qiziq ishlar bo'lyapti. Bugun Termiz shahrida U 21 birinchiligi doirasidagi "Surxon" - "Qo'qon-1912" o'yini bo'lib o'tdi. Nima bo'pti dersiz. Uchrashuv qaydnomasini to'ldirgan o'yin komissari futbolchilarni licenziyasi, futbolka raqamining to'g'ri kelishiga masul. Komissar umuman o'yinga rahbar, hamma unga bo'ysunishi shart. Uchrashuvda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday fors-major holatlarda yakunlovchi so'zni komissar aytadi. Quyida bugungi o'yin qaydnomasini suratini joylayman. Mezbonlar tarkibiga etibor qaratasiz. Qaydnomada 4 va 14 raqamlar yo'q. Maydonda esa ular bor. Yana qandaydir tushunarsiz raqamdagi futbolchi ham bor. Umuman bugungi o'yinda komissar nazoratiga olishi lozim bo'lgan 10 lab xatolar bo'ldi.(Sanab o'tirishni lozim topmadim). O'yin komissari futbol qoidalari hammadan yaxshi bilishi, reglamentni to'liq yoddan bilishi lozim va birinchi navbatda o'zi unga amal qilishi kerak. Komissarni hamma tanishi uchun beyjigi bo'lishi kerak ko'ksida. Komissarlarni mehmondorchilikka kelib ketadigan zamonlari o'tgan, endi ishlash kerak", - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot kotibi Akramjon Mamadaliev.

PFL tomonidan mazkur o'yinga tayinlangan komissar - Jamshid Imomov


Qayd etish kerakki, yangilangan PFLda komissar "niqobida" futbolga endi kirib kelgan bir talay yangi xodimlar paydo bo'lgan. Bunday kulguli va tushunarsiz holatlar o'tgan yilgi mavsumda ham, joriy chempionat o'yinlarida ham davom etmoqda. 

O'zbekiston chempionatlarida ishlagan komissarlar ichida haqiqiy professional maqomdagi mutaxassislar ichida Sanjar Rizaev va Alim Arifovlarni eslash mumkin. SHuningdek, Bahodir Mirzaev hamda SHerzod Rajabov ham bu nomga munosib tarzda ishlagan sanoqli mutaxassislar qatorida tilga olinadi. Hozirgi paytda esa PFLda komissar sifatida tashkilotning ko'plab xodimlari ishlab kelishmoqda va natijada mazkur tushunarsiz holatlar o'z-o'zidan paydo bo'lmoqda.

Reyting: -54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика