So’nggi yangiliklar

14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  2 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  1 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9

PFL Ilgiz Tantashevga mukofot puli beradi Yangiliklar

PFL Ilgiz Tantashevga mukofot puli beradi

2023 yilgi mavsumda Superliga uchrashuvlarini jami 29 nafar referi boshqarib bordi. Toza o'yin vaqtining foiz ko'rsatkichlarini hisoblashda Liga 5 va undan ko'proq uchrashuvda ishlagan hakamlarni tanlab oldi.

Ular orasida Ilgiz Tantashev etakchilikni saqlab qoldi. 13 ta bellashuvda ishlagan referi deyarli 58 foiz ko'rsatkich qayd etgan. Bellashuvlar turli kayfiyat va sharoitlarda o'tishi aniq. Biroq unga hakamlar tasirini inkor qilib bo'lmaydi. Mazkur statistika nisbiy ahamiyat kasb etsa-da, yakunda Tantashev faoliyat olib borgan uchrashuvlarda futbol o'ynash uchun ko'proq imkoniyat bo'lganini tushunish mumkin.

9 ta uchrashuvda ishlagan Rustam Lutfullin bu borada eng past natija ko'rsatdi — 49,4 foiz. Qolgan barcha referilar minimum 50 talik ko'rsatkichga ilina olgan. SHuningdek, Akobir SHukurullaev (54,3), Asker Najafaliev (54), Aziz Asimov (53,8), Ahrol Risqullaev (53,8), Abdurashid Xudoyberganov (52,7) Ravshan Abduvohidov (51,8), Komil Rasulov (50) kabilar yuqorida aytilganidek 50 foizdan yuqoriroq natija qayd etgan.

Liga musobaqalardagi intensivlikni oshirish, futbolchilar, murabbiylar va hakamlarni toza hamda sog'lom futbolga bo'lgan intilishlarini rag'batlantirish, antifutbolga qarshi turli yo'sinlarda kurashish ustida ishlamoqda. SHundan kelib chiqib, mazkur statistika bo'yicha eng yaxshi natija qayd etgan Ilgiz Tantashev Liga tomonidan moddiy rag'batlantiriladi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика